bo'lajak tarbiyachi va o'qituvchilarni tayyorlash tizimida malakaviy amaliyotning roli O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi nizom O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Unda oliy ta'lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyotini o'tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan. Bakalavriat yo'nalishlari va magistratura ixtisosliklari bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan talabalar amaliyoti - ilg'or korxona, muassasalar va tashkilotlarda o'tkaziladi. Har bir amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni DTS, o'quv rejalari va amaliyot dasturlarida belgilangan. Amaliyot dasturlari tanlangan yo'nalish (ixtisoslik) ning malakaviy talablari, korxona, muassasa, tashkilotlarning (bundan buyon - amaliyot obyektlari) tavsifi hisobga olingan holda tegishli o'quv muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va ularni oliy o'quv yurtlari rektorlari tasdiqlaydi. Talabalar amaliyoti oliy ta'lim muassasalarining davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo'shma korxonalar va boshqalar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o'qiydigan talabalar amaliyot o'tish uchun tegishli amaliyot obyektlariga yuboriladilar. Amaliyotni tashkil qilish va o'tkazish uchun javobgarlik oliy o'quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi. Amaliyot joylari, talabalarning katta guruhlari o'tishini hisobga olib, oliy ta'lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot obyektlaridan tanlanadi. Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o'tadigan korxona yo'q bo'lsa, amaliyot obyektlari sifatida oliy ta'lim muassasasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o'tish mumkin. Oliy o'quv yurti tayinlagan amaliyot rahbari: talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun obyektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi; talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o'tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi ќaqida ko'rsatmalar berish va h.k.) ni o'tkazishni ta'minlaydi; talabalarning kafedra topshiriqlarida ko'zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi; talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi; amaliyot yakunlari bo'yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi; talabalarning amaliyot bo'yicha hisobotini ko'rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o'tganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko'rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi; barcha ishlarni amaliyot obyekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o'tkazadi. Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot obyekti rahbarining buyrug'i bilan masul xodimlarning biriga yuklatiladi. Shartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot obyektlari: talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi va o'tkazadi; dasturga muvofiq talabalar amaliyot o'tkazishining samaradorligini taminlovchi ish joylari bilan ta'minlaydi; amaliyotni Utishda oliy ta'lim muassasasi bilan kelishilgan oy-kunlik ish jadvaliga amal qiladi; talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.19 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.19 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: doc