Bolalar bog'chasining yer maydonchasi Reja: Yer maydonchasining ta'limiy tarbiyaviy ahamiyati. Bolalar bog'chasining ekinzor va gulzorlari. Maydonchada hayvonlarni saqlash Bolalar bog'chasida yer maydonchasi bo'lib, bolalar ko'p vaqtlarini o'sha yerda o'tkazadilar. Maydoncha - o'yinlar, sayrlar, mashg'ulotlar o'tkaziladigan butun yil davomida o'simlik va hayvonlarni kuzatadigan joydir. Maydonchada daraxtlar, butalar, ekinzor, gulxona, mevali daraxtlarning bo'lishi katta ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga ega. Bolalar tarbiyachi bilan birga o'simliklarni o'stiradilar, ularni parvarish qiladilar, o'sishi va rivojlanishi haqida aniq tasavvurlarga ega bo'ladilar. Bolalarga o'simliklarni pavarish qilish jarayonida, tuproqda ishlov berishda zarur bo'ladigan oddiy asboblardan foydalanish ko'nikmasi hosil bo'ladi, hamda tabiatga unda yashovchilarga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo'lish kabi xislatlar tarbiyalanadi. Maydonchani chiroyli, nafosatli bezatilish bolalarda badiiy va go'zallikni his qilish, vatanparvarlik kabi nozik xislatlarni tarbiyalaydi. Bolalarda o'z o'lkasini sevishi, o'z o'lkasining tabiatini bilishi katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda maydonchaga ekiladigan daraxtlar, o'simliklar mana shu o'lka tabiatiga, iqlimga mos bo'lishi zarur. Ekinzorni tashkil etishda dastur mazmunidan kelib chiqqan holda bir gypux uchun poliz ekinlari tanlanadi. Kichik guruh uchun urug'lari yirik xomligicha iste'mol qilish mumkin bo'lgan: sabzi, rediska tavsiya etiladi. O'rta guruhda xam xuddi shular ekiladi. Biroq imkoni boricha ikki xil navi ya'ni qizil va oq rediska ekiladi. Maqsad bolalar ularni solishtirib o'xshash va farqli tomonlarini anglashlari lozim. Katta guruhda bolalar uchun tavsiya etilgan barcha sabzavot o'simliklari ekiladi. Gulzorni tashkil etishda, bog'chaning tabiiy sharoitini hisobga olgan holda, erta bahordan to kech kuzgacha gullaydigan o'simliklar tanlanadi. Masalan: lola, narsiss (chuchmoma), kapalakgul, qo'qongul kabi gullar tanlanib, ularni markaziga baland bo'yli, chetlariga past bo'yli gullar tanlanadi. Ep maydonchasida bahor, yoz oylarida jonli tabiat burchagi tashkil etiladi. Bog'chaning tabiiy sharoitini hisobga olgan holda, jonli tabiat burchagida quyonlarni, tovuqlarni, o'rdaklarni boqib parvarish qilish mumkin. Bu bolalar jonivorlarni parvarish qilish, ko'nikma malakalarini tarbiyalash, ularga nisbatan g'amho'rlik munosabatlarini chuqurroq tarbiyalashga yordam beradi. Yer maydonchasida xar bir yosh guruh uchun o'yin va jismoniy tarbiya maydonchalari, tabiiy material bilan uynash uchun qum solingan yashiklar kichikroq hovuz bo'lishi lozim. Jonivorlar quyon va tovuqlar boqish uchun joy ajratiladi. Kichik gupuh bolalari uchun ekinzor maydoni xar bir bolaga 1 kv.m hisobidan tashkil qilinadi. O'rta guruh bolalari uchun norma 1,5 kv.m gacha, katta tayyorlov guruh, bolalari uchun 1,5 - 2 kv.m gacha oshiriladi. Ekinzor atrofi past bo'yli o'simliklar bilan o'raladi. Atrofi o'ralgan ekinzor chiroyli ko'rinishga ega bo'lishi bilan birga, guruhlarin bir - biridan tabiiy ajratib turadi. Ekinzor uchun tanlangan urug'lar yuqori navli yaxshi ekish xususiyatiga ega bo'lishi kerak. Ekilgan urug'larning asosiy sifat ko'rsatkichi uning unib chiqishidir. Nihollar paydo bo'lishini tezlashtirish uchun urug'lar namlanadi va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
682.54 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
682.54 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: ppt