Bolalar jamoasi. Bola shaxsini shakllantirishning muhim shart sharoitlari

Bolalar jamoasi. Bola shaxsini shakllantirishning muhim shart sharoitlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalar jamoasi. Bola shaxsini shakllantirishning muhim shart sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

Bolalar jamoasi. Bola shaxsini shakllantirishning muhim shart sharoitlari Reja : 1.Bolalar jamoasi xakida tushuncha. 2.Bola shaxsini tarbiyalashning shart - sharoitlari. 3 .Bolalar jamoasining shakllanishiga yorda m beruvchi omillar. 4.Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatlarni takomillashtirish. Jamoa ijtimoiy jamoaning bir qismi hisoblanib, kishidan ma'lum bir maqsad asosida intiladigan, harakat qiladigan, va о'zi hamma kuch - xarakatini ijtimoiy faoliyat, mehnatga sarf qiladigan bо'lishini talab etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о'rni va rolini tug'ri baholay olish, inson fikrini hurmatlash, jamoaning munosib a'zosi bо'lishga intilish har bir shaxs uchun muhimdir. Bolalar jamoasini shakllantirish uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Dastlab birgalikdagi faoliyat kо'pincha dunyo bilan bog'liq bulgan faoliyatga birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa muddatli bо'lib, tez buziladi Bunday dastlabki birlashishning birinchi tashkilotchisi tarbiyachidir. Chunki u bolalarga birgalikda о'ynashni taklif etadi. Bolalardan bittasi о'yinchoqlarni yuklasa. ikkinchisi tashiydi, uchinchisi yukni tushiradi. 4-5 qiz qо'g'irchoq bilan «Oila» о'yinini о'ynaydi, tarbiyachi esa, ularga rollarni taqsimlashda yordam beradi va h.k. Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning о'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va boshqasiga, passivroq bolalarni birlashtiradi. Ikkinchi xususiyat bolalar jamoasining barqaror bо'lishini ta'minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg'allagan bо'ladilar. Jamoada katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi. Birgalikdagi faoliyat jarayonida о'yin va mehnatdan keng foydalaniladi. Bu bosqichda tarbiyachining vazifasi hamma bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg'ulot о'tkazayotgan jarayonda uning о'zi hammaga kо'rinib turishi va ovozi balandroq va hamma uchun tushunarli bо'lishi kerak. Tarbiyachi shunday mashg'ulot jarayonida о'rtoqlarining ishini tahlil qilishga jalb etish orqali bolalarni izlanuvchanlikka, haqiqatgо'ylikka о'rgatadi hamda bolalarning о'z tengdoshlariga xayrixoh munosabatda bо'lishini ta'minlaydi. Bolalyr jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog'liqdir. Bolalar о'z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog'liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, о'zining jamoa uchun zarurlyatini sezsa, u bilan g'ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bо'lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi. Bola kelishi bilan bolalar jamoasining a'zosi bо'lib koladi, u boshqa bolalar bilan uynashi mehnat qilishi, kelishishi kerak bо'lsa yon bosishi о'rganib oladi. Tarbiyachi har bir bolaning qobiliyatini alohida baholab borishi kerak. Keyinchalik jamoada hayot tajribasining tо'plapishi natijasida «men», «meniki» tushunchasining о'rnini «biz», «bizniki» degan tushunchalar egallaydi. Bu esa bolalarning о'zini jamoa a'zosi deb tushunib olganidan va о'z shaxsi manfaatini umumiy maqsadga buysundira oladigan davridan boshlanadi. Yaxshi о'rtoq bulish,- bu boshqalar bilan о'zini bir qatorda qо'yishi, ular tо'g'risida g'amxо'rlik qilish, shu bilan birga sen yolg'iz emassan, sen tо'g'ringda boshqalar ham о'ylaydi, senga boshqalar ham g'amxо'rlik qiladi degan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.11 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.11 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga