Bolalar jamoasini tashkil metodikasi

Bolalar jamoasini tashkil metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalar jamoasini tashkil metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Bolalar jamoasini tashkil metodikasi Jamoa so'zi lotincha «Kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh manolarini anglatadi. Aniqroq aytiladigan bo'lsa jamoa bu kishilardan iborat guruh, demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa» tushunchasi ikki xil manoda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan: ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo'jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o'quvchi (tarbiyalanuvchi)larning birlashmasi o'ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so'z yuritamiz. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o'ynash to'g'risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirgan. Jamoada uning a'zolari o'rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta'minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo'lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me'yorlari o'z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo'lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o'zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil etiladi. Shu bois jamoa hayoining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g'oyaviy yo'nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Uning har bir azosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o'z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o'rni va rolini to'g'ri baholay olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etadi hamda bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Har bir jamoa o'z-o'zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog'lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatning ijtimoiy-g'oyaviy yo'nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o'z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o'rnata olishdagi usuli, yani jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a'zolari o'rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g'amxo'rlik, o'zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarlik hissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas'uliyat hissini uyg'ota borib, jamoa a'zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoa mansublik hissini paydo bo'lishiga ko'maklashadi, jamoaga bilan munosabatda bo'lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a'zolari orasida o'zaro yaqinlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko'pincha o'z-o'zidan paydo bo'ladi hamda ular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga