Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texiologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari

Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texiologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texiologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texiologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari Reja: 1.Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari 2. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari 2. Fanda qo'llanliadigan asosiy tushunchalarning mazmuni hamda tahlili Jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalar fani inson jismoniy kamolotini boshqarishning umu miy qonuniyatlari haqidagi fandir. Nazariyani egallash jismoniy tarbiyaning barcha bug'inlariga tegishli masalalarni hal qilishga to'g'ri yordoshish imkonini beradi. Jismoniy tarbiyani nazariyasi va texnologiyalar fani predmeti- jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari, xususiyatlari, prinsplarini o'rganadi., umuminsoniy tarbiyaning boshqa tomonlari, axloqiy, nafosat tarbiyasi bilan mehnat tarbiyasi bilan aloqasini ochib ko'rsatadi. Bunda jismoniy tarbiya vositalarini o'rganishga, jismoniy mashqlarga o'rgatish prnsiplarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko'nikmalarni shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, sport bilan shug'ullantirishning umumiy asoslarini ishlab chiqishga, jismoniy mashqlar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlar turli shakl va usullariga, shuningdek jismoniy tarbiya bilan bog'lioq ishlarni rejalashtirish va hisobga olishga imkon beradi. Olimlar va amaliyotchilarning birgalikdagi g'ayrat shijoatlari natijasida uzluksiz ta'lim tizimining barcha turlari (maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, professional ta'lim, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim) uchun ilmiy asoslangan yangi milliy dasturlar yaratilmoqda. tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy o'quv yurtlari uchun maxsus dasturlar va o'quv qo'llanmalari, darsliklar yaratilmoqda. Ilmiy tekshirish va o'quv institutlarida jismoniy tarbiyani takomillashtirish borasida ilmiy tatqiqotlar olib borilmoqda. Jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining maqsadi shaxsni hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad mamlakatimizda fuqarolar jismoniy tarbiyani amalga oshiradigan barcha tashkilotlar uchun yagonadir. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan maqsadga ko'ra quyidagi vazifalarni hal etishni ko'zda tutadi: Sog'lomlashtirish vazifasi: sog'liqni mustahkamlash, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, badanni chiniqtirish, kishilarning umri va ijodiy hayotini uzaytirishni ta'minlash. Ta'limiy vazifasi: harakat ko'nikmasi va malakasini shakllantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash (tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va boshqalar), maxsus bilimlarni egallash, tashkilotchilik qobiliyatini oshirish. Tarbiyaviy vazifasi: shaxsni aqliy,axloqiy,estetik jihatdan rivojlantirish va mehnat faoliyatini oshirishga ko'maklashish. Bu vazifalar shug'ullanuvchilarning yosh xususiyatini, sog'ligini, jismoniy rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini va qiziqishini hisobga olib oydinlashtirilishi mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliyotni yagona nazariy asoslar bilan qurollantiradi va bu bilan uning yagona takomillashishiga yordamlashadi. Jismoniy tarbiya nazariyasidagi asosiy tushunchalar Jismoniy rivojlanish. Jismoniy tayyorligi. Jismoniy kamolot. Jismoniy tarbiya. Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy ta'lim. Jismoniy mashqlar. Harakat faoliyati. Sport. Jismoniy madaniyat. Jismoniy harakatlar. Jismoniy rivojlanish - bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining o'zgarish jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma'noda qo'llanilganda, u antropometrik va biometrik ko'rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og'irligi, ko'krak qafasi aylanasi, o'pkalarning tiriklik sig'imi, qaddi-qomatining holati) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 444.85 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 444.85 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga