BOLALAR MUASSASALARIDA IJTIMOIY PEDAGOGNING KASBIY MAQOMI VA VAZIFALARI Reja: Kirish Ijtimoiy-pedagog va uning kasbiy faoliyati. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyat subyekti sifatida Ijtimoiy pedagog kasbi insonlar o'rtasidagi munosabatlar tizimida Ijtimoiy pedagog faoliyati sohalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari Ijtimoiy pedagog mutaxassisi pedagog so'zidan olingan bo'lib, avvalo o'qituvchi ma'nosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so'ng aynan o'qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo'lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyorlash bo'yicha kurslar tinglovchilarining aksariyat qismini dam o'qituvchilar tashkil etadi. Ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi ham pedagogik oliy o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhaqiqat, pedagog na o'qituvchining kasbiy faoliyatida ko'pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham obyektn bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdiqlaydi. O'z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga ham ega. O'qituvchi o'zining asosiy ta'lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o'rgatadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat. Pedagogik faoliyat-ta'lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yo'naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta'lim standartlari, o'quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam ko'rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan bo'lishi mumkin turli xil ta'lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim , ya'ni aniq bir bolaga va ijtimoiylashuv, jamiyatga integrastiya jarayonida yuzaga keladigan muamolarini hal etishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining obyekti jamiyatga moslashish jarayonidagi yordamga muhtoj bolalar va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruhiy, ijtimoiy nuqsoni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruhiy yoki aqliy shakllanishi buzilgan bolalarining katta qismi (ko'zi ojiz, kar-soqov, aqliy ojiz va bolalar falajligiga chalinganlar) kiritiladi. Ular jamiyatning alohida mehriga muhtojdir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruhiy sikilligi va xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan ogohlantiruvchi va ularni engib o'tuvchi ijtimoiy, huquqiy, ruhiy, tibbiy va pedagogik muammolarini kompleks ravishda hal etish maqsadida turli mutaxassilar (ruhiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoiy xodimlar va yuristlar) hamda ma'muriy organlar va idoralarning (ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi) mazkur masalaga yo'naltirilgan say'-harakatlarini muvofiqlashtirib turishda vositachi bo'la olishi kerak. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.05 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.05 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: ppt