Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli

Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli - rasmi

Material tavsifi

BOLALAR TARBIYa JAMOASI VA YaGONA PYeDAGOGIK JARAYoNNING ASOSIY ShAKLI «Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun, o'z qobiliyatini, o'z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, manan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir» I.A.Karimov Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo'nalishi ekanligiga urg'u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sayi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o'zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo'lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg'u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to'g'rilik, odillik, tadbirkorlik, o'zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo'lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo'lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo'lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo'lishi esa uning yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko'rsatkichi ekanligini uqtiradi. Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o'rinni egallaydi va o'z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo'lishi borasidagi g'oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog'lom, jismonan baquvvat, mard va jasur. Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo'lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat ma'naviy rivojini taminlovchi asosiy omil, deya baholaydi. Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo'la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mao'g'lini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo'lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko'nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi. Jamoaning o'ziga xos xususiyatlari Bolalar jamoasining rivojlanish bosqichlari A.S.Makarenko jamoa a'zolari o'rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi: 1) major - doimiy tetiklik, o'quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari; 2) o'z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g'ururlanish asosida o'z qadr-qimmatini anglash; 3) jamoa a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik; 4) jamoaning har bir azosida qaror topgan do'stona birlik; 5) tarbiyali, ishchan harakatga yo'llovchi faollik; 6) hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko'nikmasi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 1. Jamoa bir necha azo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.55 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.55 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga