Bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligini korreksiyalash

Bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligini korreksiyalash

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligini korreksiyalash - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: 1.Nutq to'liq rivojlanmaganligining I darajasi . Nutq to'liq rivojlanmaganligining II darajasi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining II darajasi. 2. Bolalarning impressiv nutqini tekshirish metodikasi. 3.Ekspressiv nutqni tekshirish metodikasi. 4.Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar ta'lim va tarbiyasi. 5.Umumiy tuzatuvchi mashqlar. Tayanch so'zlar: (Ekspressiv, impressiv, NTR, taqlid, daraja, fonetik) Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligini tekshirish va uni bartaraf qilish masalasi katta qiziqish uyg'otib kelmoqda, uni nazariy hamda amaliy jihatdan chuqurroq o'rganishni talab qilmoqda. Eshitish va intellekti yormada bo'lgan bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligi deganda nutq anomaliyasining shunday shakli tushuniladiki, bunda nutq barcha komponentlarining shakllanishi (nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomoni) buzilgan bo'ladi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligini P. E. Levina (1961) uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo'q bo'lishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bo'lgan mukammal nutq buzilishigacha. Nutq to'liq rivojlanmaganligining I darajasi Nutqning bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug'at boyligi kambag'al, noaniq bo'ladi. Nutqi tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo'ladi. Narsa va hodisalarni farq qilmagan holda ifodalash, so'zlarning ko'p manoga ega bo'lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: «tu-tu» - mashina, parovoz, samolyot, qayiq, kema; «taq» - yiqildi, tushurib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu bolalarning passiv lug'ati aktiv lug'atiga nisbatan ancha boyroq, nutqni tushunish pasaygan bo'ladi, ular ko'p so'zlarning manosini tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg'unlik bo'lmaydi, tovushlar bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o'quv buzilgan bo'ladi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bo'lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo'yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo'ladi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining II darajasi Dastlabki keng qo'llanadigan odatdagi nutqning bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, malum lug'at boyligiga ega bo'ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qo'pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo'ladi. Ular ikki-uch so'zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug'at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo'ladi. Umumlashtiruvchi so'zlarni (mebel, kiyim, sabzavotlar, mevalar va boshqalar) bilmaslik kuzatiladi. harakat, belgini bildiruvchi so'zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini, rangini, shaklini, o'lchamini va boshqa belgilarini bilmaydilar. Kelishik shakllarini chalkashtiradilar, fel sonini ot soniga moslashtira olmaydilar. Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka ega bo'lgan bolalar bo'g'inlar o'rnini almashtiradilar, undoshlar ketma-ket kelganda tovushni qisqartiradilar. Nutq to'liq rivojlanmaganligining II darajasida Nutqda leksik-grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqga ega bo'lgan holda kishilar bilan aloqa bog'lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo'lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya jihatdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.06 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.06 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga