Reja: Psixik kasalliklar haqida tushuncha berish. Shizofreniya va epilepsiya kasalligining vujudga kelish sabablari. Psixik kasallikning alomatlari bo'lgan bolalarning xulq-atvoridagi o'zgarishlar, ularning o'ziga xos xususiyatlari. Psixik kasallikka duchor bo'lgan bolalar bilan ishlashda pedagogning vazifalari. Tayanch iboralar va tushunchalar: shizofreniya, epilepsiya, intellektual еtishmovchilik, emotsional irodaviy soha, aqli zaiflik, tutqanoq tutish, emotsional kechinma. Psixik kasalliklarning alomatlari ko'pincha bolalarda maktab yoshida namoyon bo'la boshlashi tufayli, shuningdek, ko'pgina bolalar davolanishidan keyin yana maktabga qaytib kelishlari sababli maktab direktori, psixolog, pedagog-o'qituvchilari bolalardagi nerv-psixik kasalliklar haqida loaqal elementar tasavvurlarga ega bo'lishlari zarur. Kasallikni aniqlash bolani davolanish uchun yuborish va davolanish tugagandan keyin maktabda bolaga nisbatan individual yo'l tutishini ta'minlash nihoyatda muhimdir. Shizofreniya kasalligi bolalar orasida kam uchrab turadi. Shu narsa aniqlanganki, shizofreniya ko'pincha o'smirlik yoshida kamroq hollarda, maktabning kichik yoshdagi va ayrim hollardagina maktabgacha tarbiya yoshidagi bolarda vujudga keladi. Shizofreniya - og'ir ruhiy kasallik bo'lib, u psixikada kattagina o'zgarishlarga, ba'zan esa aqli zaiflikka olib keladi. Shizofreniya jarayonining davom etish xarakteri turlicha bo'lishi mumkin. Ba'zi bir hollarda kasallik bir zo'raygandan keyin bola tamomila tuzalib ketishi mumkin. Boshqa hollarda, jarayon noqulay sharoitda davom etsa, asosan emotsional-irodaviy sohada ba'zi o'zgarishlar ro'y beradi, ammo intellektual qobiliyatlar saqlanib qoladi va ta'lim-tarbiyada to'g'ri yo'l tutish ta'minlansa, bolalar maktab dasturini eplab ketadilar. Boshqa hollarda esa kasallik noqulay sharoitda, sustkashlik bilan va uzoq davom etib, surunkali davrga o'tsa, bollarning emotsional-irodaviy sohasida o'zgarishlar ro'y beradi va aqli zaiflar maktabiga yuborish zarur bo'ladi. Juda kam uchraydigan ba'zi bir hollarda esa shizofreniya shu qadar chuqur psixik buzilishlarga olib keladiki, bunda bolalar yordamchi maktablarda ham o'qiy olmay qoladilar va ular psixiatrik muassasaga joylashtirishlari kerak. Shezofreniya kasalligini asosiy sababi nasl-nasabida shu kasallikning bo'lganligidadir. Bu kasallikdagi asosiy simptomlar bolaning atrofidagi kishilar bilan aloqasining buzilishi bilan xarakterlanadigan emotsional-irodaviy sohadaga o'ziga xos o'zgarishlardan iborat: bola tund bo'lib qoladi, g'alati qiliqlar qiladi, be'mani g'oyalarni aytadi, xavotirli, asabiy, asossiz vahimaga tushadigan bo'lib qoladi. Odatda o'tkir psixik zo'rayishlar umumiy hayajonlanish bilan birga bo'ladi. Bu davrda ish qobiliyati keskin kamayadi. Xulq-atvordagi o'zgarishlar, kelishmagan qiliklar qilish, aftini burishtirish bilan xarakterlanadi, bu holni ko'pincha pedagoglar boladagi kasallikning ifodasi deb emas, balki intizomsizlik, taltayish ifodasi deb baholaydilar. Ba'zan pedagog epilepsiya singari kasallik bilan og'rigan bolalar yoki o'smirlarni uchratishga to'g'ri keladi. Bu kasallikning eng xarakterli belgisi tutqanoq tutishidir: tutqanoqlarning ifodalanish formasi har xil bo'lishi mumkin. Masalan: o'tkir tutqanoq davrida qo'l-oyoq va badan juda qattiq titraydi, bola xushidan ketib qoladi, nafas olishi buziladi, yuzi ko'karib ketadi, til va jag' muskullari keskin qisqaradi. Tutqanoq bir necha daqiqagina davom etadi. Shundan keyin bola o'zini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.66 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.66 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: doc