Reja: Bolalarda reaktiv holatlarning vujudga kelish sabablari. Reaktiv holatlarning bolalarda namoyon bo'lishi. Bolalarda konfliktli kechinmalar va ularning oldini olish. Tayanch iboralar va tushunchalar: reaktiv holat, konfliktli kechinmali bola, psixika, xulq-atvor, enurez, agressiv, psixogen faktorlar. Ba'zi bir o'quvchilarning xul-atvoridagi o'zgarishlar va ularning o'zlashtirmasliklari og'ir psixik kechinmalar sababli vujudga kelishi mumkin. O'z-o'zidan ma'lumki kechinmalar ko'p bo'ladi va ular bolaning kamol topishi jarayonida muqarrar ravishda ro'y beradi, bolalarning xatti-harakati va faoliyatida o'zgarishlarga olib kelavermaydi. Ammo og'ir kechinmalar normal psixik kamol topib borish jarayonining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Bolaning psixikasiga yomon ta'sir ko'rsatadigan vaziyat oqibatida paydo bo'ladigan asab psixik buzilishlar reaktiv holat deyiladi. Bolalarda reaktiv holatlar vujudga kelgan vaqtdagi asab psixik buzilishlar xilma-xil xarakterda va turli darajada namoyon bo'ladi, bu hol bolaning psixikasiga yomon ta'sir ko'rsatayotgan vaziyatning o'tkirligi va og'irligiga, uning qancha vaqt ta'sir ko'rsatib turganligiga, bolaning yoshiga, uning umumiy sog'ligiga hamda individual xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Reaktiv holat duduqlanishda, tananing turli joylari uchib turishda, siyg'oqliqda namoyon bo'ladi. Qattiq psixik ta'sir ko'rsatuvchi lat еyish paytlarida bolaning esi kirar-chiqar bo'lib qolish holatlari ham uchraydi, ya'ni bola shunday ish-harakat va qiliqlar qiladiki keyinchalik uni eslay olmaydi. Ayrim bolalarda ortiqcha besaranjomlik, behuda harakatlar, yarashmagan qiliqchar qilish orqali psixopatik asabiylik holati vujudga keladi. Boshqalarda esa aksincha tormozlanish reaksiyasi paydo bo'ladi. Ular bamisoli dong qotib qolganday bo'ladi. Kichik yosh vaqtida ba'zi bir funksiyalarning bajara olmaslik, mutizm uchraydi, o'smirlarda esa reaktiv holat ancha murakkab tus olishi mumkin, qo'rqish, xavotirlanib yurish, ovqat еmaslik. esankirash, tevarak atrofdagilarga telbacharcha munosabatda bo'lish va hokozo. Maktab o'quvchilarining xulq-atvori va xarakteriga ayniqsa og'ir ta'sir qiladigan narsa enurez (siyg'oqchikdir). Bu hol, ko'pincha, bir vaqtlar qandaydir uzoq vaqt serdiqqat ish bilan shug'ullanish yoki hayajonlanish, bir narsadan qattiq qo'rqish, organizmni zaiflashtiruvchi biror somatik kasalga duchor bo'lishi natijasida, asabi buzilgan va jismoniy jihatdan zaiflashib qolgan bolalarda vujudga keladi. Tengdoshlari bunday bolalarni masxara qilib kuladilar va ularga kishini xafa qiluvchi laqablar qo'yadilar. Maktab-internatlarda ko'pgina bolalar ular bilan bir xonada yashashni istamaydilar. Enurez kasaliga mubtalo bo'lgan deyarli hamma bolalarda o'zining to'la qiymatli emasligini his qilish vujudga keladi va bu narsa har xil namoyon bo'ladi. Bunday bolalar ba'zilari juda tortinchoq, uyatchan, qo'rqoq, qat'iyatsiz bo'lib qoladilar, boshqalari esa aksincha qahrli, asabiy va agressiv bo'ladilar. Har ikkala turdagi bolalar ko'pincha qo'rqoq bo'ladilar. Keyinchalik qo'rquv har xil tus ola boshlaydi: qorong'ilikdan qo'rqish, yangi ish oldida qo'rqish, yangi vaziyatdan, yangi kishilardan qo'rqish boshlanadi. Ko'p vaqtlar bolalar o'zlarining biror jismoniy kamchiliklaridan (cho'loqlik, g'ilaylik, ko'zi xiralik, bukrilik va hokazolardan), ma'lum bir asab kasalliklaridan (duduqlanish, biror a'zosining uchib turishi, qo'rquv va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.9 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.9 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: doc