Bolalarda vatanga muhabbat va baynalmilallikni tarbiyalash Reja: 1. Vatanparvarlik tushunchasining mohiyati. 2. Vatanparvarlik va baynalmilallik tarbiyasi. 3. Bolalarda vatanparvarlikni tarbiyalash. Vatan insonning kindik qoni tо'kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga mazmun baxsh etadigan ta-barruk maskandir. U avlodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan ota-bobolarimiz-ning hoki poklari jo bо'lgan, vaqgi soati yetib har bi-rimiz bosh qо'yadigan muqaddas zamindir. Vatani bor odamning g'ururi, iftixori yuksak, maqsad -muddaolari aniq bо'ladi. Tog'dek tayangan Vatani borligini his etgan inson hayotning har qanday si-novlariga doimo tayyor turadi. Vatanparvarlik esa, eng avvalo, kindik qoni tо'kilgan joyga qarindosh - urug' va mahalla-kо'yga, el-yurt, ona zaminga bо'lgan hurmat-e'tibor, mehr-muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik yjtimoiy, ta-rixiy va axloqiy his-tuyg'u sifatida insonlar jamiya-tining yjtimoiy tarakdiyoti davomida paydo bо'ladi. Buyuk uzbek mutafakkirlarining fikricha, biz tug'ilgan yurtimizdan uzoq bо'lsak, bizni tortib kela-digan quvvat о'z vatanimizning, ona tuproqning mehru muhabbatidir. Shu о'rinda savol tug'ilishi mumkin, vatanparvarlik о'zi nima? U qanday maqsadga xizmat qiladi. Milliy vatanparvarlik, avvalo, о'z xalqining Qoniga singib ketgan imon va insof, mexr-muhabbat, oqibat, shafqat, vijdon va andisha, or-nomus, ona yurtga, о'z millatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma'naviy qadriyatlar haqidagi g'oyalar, qarashlar yig'indisidir. Bugungi kun milliy vatanparvarlik mafkurasining tarkibiy qismlari quyvdagilar: - mustaqillik tuyg'usi va uni tо'la idrok etish; - uzbek milliy mafqurasi; - kо'p millatli О'zbekiston xalqining vatanparvar-ligi. Vatanparvarlik jamiyatdagi barcha kishilarni, mil-lat va elatlarni ijtimoiy-siyosiy kuch va guruhlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligini doimo diqqat markazida saqlash lozim. Vatanparvarlik tuyg'usi, tarbiyachi va ota-onaga, о'z mahallasi, qishlog'i, tumani, shahri viloyatiga bо'lgan cheksiz muhabbatdan, uning tarixi, madaniyatiga hurmat va sadoqatdan boshlanadi. Vatan tuyg'usi kichkina odam kо'z о'ngida kо'rayotgan narsadan qoyil qolishdan, uni hayratlantiradigan va qalbida aks sado beradigan nar-salardan boshlanadi. Kattalarning vazifasi - bola oladigan kо'plab taas-surotlardan unga eng tushunarli bо'lganlarini, eng yaqin kishilari, jonajon о'lka, uning tabiati va hayvonot dunyosi, xalq farovonligi, Vatanning gullab yashnashi yо'lidagi mehnati, о'rtokdik, о'zaro yordam va boshqalarni tanlab berishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchasiga nima kо'proq moye keladi va nima uni qiziqgirishi, hayajonlantirishi mumkin? Dastavval, u tug'ilgan va yashayotgan joylar. Jonajan ona tabiat Vatanga muhabbatni tarbiyalashning kuchli omillaridan hisoblanadi. Uning gо'zalligidan zavq-lanish, tabiatiga ehtiyotkorona munosabatda bо'lish, in-son mehnatining tabiatdagi о'zgartiruvchanlik rolini tushunish - bularning hammasi jonajon о'lkaga muhabbatni shakllantirish manbalaridir. Odam Vatanga bо'lgan muhabbatini о'zi tutilib о'sgan oilasi, bol al ar bog'chasi va maktabi, bol al ar bilan о'ynagan о'yinlari va joylari bilan bog'laydi. Vatanga muhabbat eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik bilan uyg'unlashib ketadi. Vatanga muhabbat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.43 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.43 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: doc