Bolalarga ilk iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiya berish usullari

Bolalarga ilk iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiya berish usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarga ilk iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiya berish usullari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish usullari. Konstitutsiya saboqlari dasturining maqsad va vazifalari . Ekologik tarbiya berishda foydalanadigan usullari. Jihoz:o'yinchoqlar, pul tasvirlangan qog'ozlar, suvni, havoni ifloslanishi bo'yicha rasmlar, jonivorlarga ozor berayotgan, o'simliklarning payhon qilinayotgani tasvirlangan rasmlar, bayroq, tamg'a rasmlari, flamaster rangli qalamlar. Dars usuli:Tinglovchilar Zanjir usulida iqtisodchi, tabiatchunos, huquqchi so'zlarini aytishadi va 3 ta guruhga ajratiladi. Har qaysi guruh maktabgacha yoshdagi bolalarga (nomiga ko'ra-agar iqtisodchi lar guruhi bo'lsa) mashg'ulotlarda, voqeaband o'yinlarda, savdo qilish, arzon, qimmat, tovar, pul, barter, ishbilarmon tushunchalarini ochib beradi. Guruh a'zolari ish o'yinidan, tasviriy illustrasiyadan rekladan foydalangan holda ijodiy yondashadi. Tabiatshunoslar guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarni nafas oladigan havoni, suvni, yerni ifloslamaslik, jonivorlarga ozor yetkazmaslik, o'simliklarni payhon qilmaslikka o'rgatish bo'yicha o'z guruhini himoya qiladi. Huquqchilar guruhi bolalarga nima mumkin, nima mumkin emas, davlat ramzlari, tug'ilib o'sgan o'lkasiga, ota-onasiga mehr-muhabbat uyg'otish masalalarini o'rgatish bo'yicha o'z guruhini himoya qiladi. O'qituvchi oxirida har qaysi guruhning chiqishini tahlik qiladi, to'ldiradi xulosalaydi. Bolalarni iqtisodiy bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga tayyorlash. Buning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning fikrlash doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish, bu vaziyatlarning yechish variantlarini amalga oshirishga sharoit yaratish; iqtisodiy bilimlarni egallashga zamin bo'luvchi mantiqiy, matematik fikrlarini rivojlantiruvchi o'yinlar kompleksini amalga oshirish zarur. Ikkinchi bosqichni hayotga tadbiq etish yo'nalishlari 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning iqtisodiy savodxonlik darajasi mezonlarni ishlab chiqish. Shunga ko'ra dastur bo'limlarni integrasiya qilish. Matematika - iqtisodiy - mehnat, tarbiya - iqtisodiy, Ma'naviyat - iqtisod, Xorijiy tillar - iqtisod, kabilar. 2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun O'yinlar lobirinti tizimini ishlab chiqish va amalda sinash. 3. Tabiatdagi ta'lim kompleksi dasturini yaratish. Bu kompleks dasturida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bevosita tabiatda o'yin tarzida tabiiy boylik, ne'matlarining iqtisodiy ahamiyatini ko'rsatuvchi ta'limiy, tabiat qo'ynidagi sog'lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini o'rganishga iqtisodiy tushuncha va so'zlarni ishlatishga alohida e'tibor beriladi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida hammaga, jumladan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ham iqtisodiy tarbiya bo'yicha boshlang'ich tushuncha berish muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya bo'yicha tushunchalar maxsus ravishda tashkil qilingan mashg'ulot, dars shaklida emas, balki kundalik hayotda o'yin, mehnat faoliyatlari jarayonida bolalar ongiga singdiriladi. Tarbiyachining mohirlik bilan bolaning yosh xususiyattini, o'zlashtira olish darajasini hisobga olgan holda sharoit yaratishi muhim ro'l o'ynaydi. Bolalar bog'chasining maktabga tayyorlov guruhida iqtisodiy tarbiya bo'yicha tushunchalarni hosil qilishga yordam beradigan alohida burchak yoki imkoniyati bo'lsa alohida xona tashkil qilish lozim. Xona yoki burchakda Do'kon-do'kon, Maktab- maktab, Bozor-bozor, o'yinlarini o'ynash uchun tubandagi anjomlar bo'lishi kerak. Do'konchining qalpoqcha va xalati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.91 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.91 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga