Bolalarni kompyuter multimedialaridan foydalanishga o'rgatish

Bolalarni kompyuter multimedialaridan foydalanishga o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni kompyuter multimedialaridan foydalanishga o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Multimedianing mazmuni va mohiyati 2. Multimedia dasturlarini yaratish. Multimedianing mazmuni va mohiyati Maktabgacha ta'lim atamasi 1997 yilda YUNESKO qarori bilan kirgizilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni kuchga kirgan kundan boshlab, maktabgacha ta'lim muassasa(MTM)larida tatbiq etilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida maktabgacha ta'lim - uzluksiz ta'lim tizimining birinchi turi ekanligi qayd etilib o'tilgan. Shuningdek, dasturda maktabgacha ta'limning samarali pedagogik-psixologik uslublarini izlash va joriy etish, zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim konsepsiyasida MTMlar uchun yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ishlab chiarish va amaliyotga tatbiq etish ta'kidlangan. Vazifa: maktabgacha ta'limga tegishli yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish va amalga oshirishdagi sa'y-harakatlarga oliy o'quv yurtlarining olimlarini ham jalb etish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Olimlarimiz shuni e'tiborga olishlari kerakki, maktabgacha ta'lim - uzluksiz ta'lim tizimining pog'onasi bo'lgani uchun, uni oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan ajratib bo'lmaydi. Bu degan so'z, ular o'zlarining ilmiy-tadqiqot ishlariga, boshqa ta'limlar qatorida maktabgacha ta'limni ham hisobga olishlari kerak. Ikkinchi muammo: maktabgacha ta'limga yangi pedagogik texnologiyalarini tatbiq etishdan iborat. Hozirgi davrda gurkirab rivojlanayotgan multimedia texnologiyasi MTMlarning ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilishi mumkin bo'lgan ilg'or va yangi texnologiyadir. To'laqonli multimedia 1986 yilda yaratilgan bo'lib, u o'z ichiga bira to'la matnli, tasvirli, ovozli, videoli, animasiyali va grafikli ma'lumotlarni oladi. Hozirgi kunda multimedia atamasi turli xil ma'noda qo'llanilmoqda, masalan: turli xil axborotlarga ishlov berish tartibini yorituvchi; ishlov berish vositalarini qo'llovchi va amalga oshiruvchi moslama texnologiyasi; qo'llanish vositalari; mul'timedia texnologiyasiga asoslangan mahsulot; mul'timedia dasturi; kompyuterning apparat ta'minoti (kompakt disklarni o'qish uchun mo'ljallangan maxsus qurilmalar); axborotning umumlashtirilgan turi statik (matn, grafika) va dinamik (nutq, musiqa, video, animasiya)larning umumlashtirilgan maxsus turi. Xorijda, masalan, Rossiyada multimedia texnologiyasidan MTMlarning ta'lim jarayoniga tatbiq etish 1988 yildan boshlangan. Vazifa: mamlakatimizdagi MTMlarning ta'lim-tarbiya jarayoniga multimedia texnologiyasini tatbiq etishga jiddiy e'tibor qaratib, rivojlangan davlatlar darajasiga etib olishdan iborat. Buning uchun, shu yo'nalish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va Respublikaning ilmiy salohiyatini ushbu yo'nalishga qaratish zarur. To'g'ri, O'zbekistonda ham 200 yildan multimediadan oliy o'quv yurtlarida, kollej, lisey va maktablarda foydalanib kelindi, ammo MTMlar yana o'gay bo'lib qoldilar, MTMlarga e'tibor etarli darajada bo'lmadi. Shu yillar ichida, mamlakatimizda multimedia mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi muassasa tashkil etildi. Bu muassasa kompakt disklarda Amir Temur, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, O'zbekiston-200 kabi multimedia mahsulotlarini yaratdi. Olimlarimiz multimediaga asoslangan elektron darsliklar va qo'llanmalar ishlab chiqdilar, bularning barchasi yuqorida ta'kidlangan Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi qaroriga asosan Xalq ta'limi Vazirligi huzurida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.78 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.78 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga