Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo'yicha ishni tashkil etish

Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo'yicha ishni tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo'yicha ishni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo'yicha ishni tashkil etish O'quv mashg'ulоtining rejasi Ertalabki badantarbiya va uni o'tkazish sharoiti Ertalabki badantarbiya uchun mashqlar tanlash metodikasi Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari amalga oshirish Ertalabki badantarbiya Tadqiqotlarga ko'ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog'lom etib tarbiyalashning asosini badantarbiya tashkil etishini alohida ta'kidlaganlar. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog'liqni saqlashda ulug'vor usuldir», degan o'giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi. Ertalabki badantarbiya Bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a'zosi salomat va quvvatga ega bo'lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo'lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi». Ertalabki badantarbiya Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog'lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida bu yo'nalishda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan muhim vazifalar o'z ifodasini topgan. Ertalabki badantarbiya ISTAK BO'LSA KIFOYA usuli Har kuni bajarish imkoni bo'lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar usuliga ro'yobiga kiradi. Ertalabki badantarbiya Tetiklik talabi usuli Fiziolog-olimlar tomonidan 200 nafardan ortiq kishi ishtirokida o'tkazilgan tadqiqot natijasini misol sifatida keltirish mumkin. Badantarbiya bilan doimiy ravishda va izchil shug'ullanuvchi kishilarning his-tuyg'ulari darajasini aniqlash maqsadida o'tkazilgan mazkur tadqiqotning ko'rsatishicha, tajribada ishtirok etganlarning 72 foizi o'zini juda baxtiyor deb hisoblaydi. Buning sababi sifatida ular aynan uzluksiz ravishda badantarbiya bilan shug'ullanishini qayd etadi. Ertalabki badantarbiyaning fiziologik ahamiyati Har kuni ertalab 10 daqiqa jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish kundalik ish unumdorligini 65-70 foizga oshirishi isbotlangan. 15 daqiqa badantarbiya qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va ko'zi o'tkirlashadi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi - aholini jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish etib belgilangan. Ertalabki badantarbiya mashqlari majmui. Mashqlar yurishdan boshlanadi. Mashq bajarayotganda burun orqali nafas olish kerak. Olingan havo burundan toza va iliq holda o'pkaga o'tadi. 1. D.H. - a.t.t. Yurish, tizza baland ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 96.16 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 96.16 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga