Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar. Bolani maktabga tayyorlashda oilani va MTMning o'rni

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar. Bolani maktabga tayyorlashda oilani va MTMning o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar. Bolani maktabga tayyorlashda oilani va MTMning o'rni - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar. Bolani maktabga tayyorlashda oilani va mtmning o'rni Reja: Bolani maktabga tayyorlashda oilani o'rni. MTMsining o'rni. Bolaning aqliy rivojlanganligi. Oilada bolani maktab ta'limiga tayyorlashning metod va usullari. MTM va ota-onalar o'rtasida olib boriladigan ishlarning mazmun va mohiyati. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomga muvofik bola maktabgacha ta'limni uyda ota-onalarning mustaqil ta'lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat kursatadigan Maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek Maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog'chasida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bolalar tarbiyasidagi muntazamlik va izchillikning asosiy sharti oila va bolalar bog'chasi o'rtasida muntazam aloqa urnatishdir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a'zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to'g'ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak mas'uliyat xissini xam talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oilada tarbiyani xar tomonlama, jumladan ma'naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. ma'naviy tarbiyani bolaga o'tmishda Vatan ravnaki, el-yurt tinchligi va farovonligi yo'lida kurashgan xalq kaxramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi sher va kushiklarni yod oldirish, qadriyat va an'analarimizni o'rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir kator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki, boshqa xech kaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mexr-muruvvat, raxm-shafkat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadokat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda xam oilaning muhim o'rni bor. Oila davrasida kushiklar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o'qish, birga spektakl va kino ko'rish va tahlil qilish, qiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va xakozolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga etayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga o'ta mas'uliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to'g'ri va vita'minlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uykuni to'g'ri tashkil etish vaqtida shifokor nazoratidan o'tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko'nikmalar hosil qilishda, ularning kizikishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko'nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini kadrlashga, mehnat natijalarini extiyot qilishga o'rgatishga jiddiy etibor berishlari lozim. mehnat bolalarda uyushkoklik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada takomilishtirish yo'llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlash maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari pedagogik omillar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va uslubchilarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.52 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.52 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga