Bolalarni matematikaga o'rgatishda bolalar bog'chasi, maktab va oila hamkorligi

Bolalarni matematikaga o'rgatishda bolalar bog'chasi, maktab va oila hamkorligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni matematikaga o'rgatishda bolalar bog'chasi, maktab va oila hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni matematikaga o'rgatishda bolalar bog'chasi, maktab va oila hamkorligi Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi Qonun (1997y) nuqtai nazaridan bolalar bog'chasida bolalarni matematikaga tayyorlashda zamonaviy maktabga (1- sinf) qo'yiladigan talablar. 2. Bolalar bog'chasi va maktab ishidagi hamkorlikni tashkil qilish shakllari. 3. Shu uslublaridagi hamkorlik. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlod istiqlol mafkurasi asosida sog'lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan rivojlantirishda, ularning tug'ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga maktab bog'chaga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni, oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishi ushbu maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib, u davlat hujjati sifatida e'tirof etiladi. Davlat talablari ko'rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog'lomligi, qobiliyagi, ehtiyoji va imkoniyatlari ya'ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablarini bajarish O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayoggan mulkchilik shakli va idoraviy bo'lishidan qatiy nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir. Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar. Maktabgacha yoshdagi bola ta'limini bola o'rganayotganini tushuna oladigan qilib ko'rish kerak. Bu fikrni tushuntirish uchun sodda misol keltiramiz. Bola oldiga guruch solingan tog'orachani qo'yamiz. Bolaga shu tog'orachadan 5 qoshiq rypuch olishni taklif qilamiz. 5-6 yoshdagi bola uchun bu vazifa qiyinlik qilmaydi. U 5 qoshiq guruchni xato qilmay oladi. Shundan keyin unga «Endi olgan guruchingni tog'orachaga qaytarib sol va sana» deymiz. Maktabgacha yoshdagi bola guruchni harakatlarini sanab qaytarib soladi, u qoshiqlarning qay darajada to'laligiga mutlatqo e'tibor bermaydi. Bola to'rtgacha sanagandan keyin «Necha qoshiq guruch qoldi?» - deb so'raymiz. «Bir qoshiq- deb javob beradi u. Tekshirib ko'rishni taklif qilamiz: Bola bilan birga guruchni qoshiqqa (to'ldirib) solamiz. Guruch 3 qoshiq chiqadi. Nega bunday bo'ldi, degan savol bolani boshini berk ko'chaga tiqib qo'yadi, chunki u mazkur faoliyatni bajarishda majburiy bo'lgan ma'lum qonuniyatlarga amal qilamiz-da. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni shunday o'qitish kerakki, uni o'rab olgan tabiat (borliq) tushunarli bo'lsin. Ota-onala bunda unga yordam berib, muhim o'zaro aloqalarni va o'zaro bog'lanishlarni ko'rsatish, mulohaza yuritishga, solishtirishga o'rgatishi kerak. Ko'pchilik ota-onalar bolalarini eng oldin o'ngacha, yigirmagacha va hatgo yuzgacha sanashga o'rgatadilar. Ularni ranjitishga to'g'ri keladi Juda ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.45 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.45 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga