Bolalarni mehnat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish orqali maktabga tayyorlash Reja: Bolalar mehnatini tashkil etishdagi qoidalari. Bolalar mehnatida o'z-uziga xizmat qilish. Bolalar mehnatidagi navbatchilik. Bolalarni tabiat burchagidagi mehnati. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat turlari. Bolalarni mehnatida tarbiyachining vazifalari. 5-7 yoshli bolalar katta yoshlilar mehnatiga zur kizikishi biror mehnat jarayoninini kattalar bilan birga katnashish yoki biror narsani mustaqil bajarish ishtiyokini namoyon kiladilar. Ularning faoliyatlari kichik maktab yoshidlagilarga nisbatan anchagina maqsadga yo'naltirilgan, etiborlari hamda maqsadga qaratilgandir. Bolalarda mehnat malakalari mehnat qilish odatini shakllantirish xar bir ishni oxiriga yetkazish ko'nikmasini tarbiyalash pedagogik jarayonini to'g'ri tashkil etib quyidagi qoidalarga rioya kilingandagina: Katta guruhlarga uziga o'zi xizmat ko'rsatish mehnati xo'jalik turmush mehnati tabiatdagi mehnat, shuningdek kul mehnatini tashkil etish. Kun tartibiga ko'ra «Bolalar bog'chasi ta'lim tarbiya dasturi» asosida mehnat uchun nazarda tutilgan vaqtdan tulik foydalanish. Bolalarni har xil sport turlariga muntazam jalb qilish. mehnatning har xil turlari tashkil etilar ekan bolalar faoliyatining yakka va jamoa turlaridan foydalanish. Bolalar mehnatiga rahbarlik metod va usullarini ta'lim tarbiya vazifalariga muvofik tanlash. Xilma xil mehnat turlarini tashkil etishda ularning bolalar faoliyatining boshqa turlari bilan oqilona biriktirish orkaligina amalga oshirish mumkin. Xar kuni kun tartibida guruhdagi barcha bolalar uchun va xar bir bola uchun yakka mehnatni nazarda tutish kerak. Bolalar to'g'ri tashkil etilgan mehnatdan katta kuvonch his kiladilar. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning kun tartibida o'z uziga xizmat ko'rsatish mehnati sezilarli o'rnini egallaydi. Tarbiyachilar mustaqil yuvinish, qiyinish ko'nikmasini shakllantirimshni davom ettiradilar. Ular bolalardan yuvinish, echinish, ovqatlanish tartibini aniq bilishni ularni o'z vaqtida va aniq bajarilishlarini talab kiladilar. Tarbiyachi bu shakllangan ko'nikmalardan bolalarning o'z aro yordamlarini tashkil etish va axloqiy normalarni tarbiyalashda foydalaniladi. o'z uziga xizmatni yaxshi tashkil etish shartlaridan biri kun tartibi jarayonini izchil va bosqichma bosqich o'tkazish va bunda barcha bolalarning ishtirok etishidi, bolalar uzlariga kuyilayotgan talablarni tushunishlari va o'z burchini muntazam tarzda bajarishlari kerak. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning uziga o'zi xizmatlari tashkil etishda guruh tarbiyachisi bolalardagi malakalarni xissobga olib shunga muvofik harakat usullarini eslatadi. Va shu orqali ularning etiborini jalb qiladi. Tarbiyachi shuningdek bolalarning uziga o'zi xizmat ko'rsatishiga doir ish sifatlarini hisobga olib boradi, uni baholaydi, nima yaxshi chikayotgan bulsa tahlil qiladi. Katta va tayyorlov guruhida muhim vazifa nonushtagacha tayyorlanish, nonushtadan sung shuningdek tushlik va kech tushki ovqatga tayyorlanish vaqtida navbatchilar ishini aniq tashkil etishdan iborat. Navbatchilik qilish ko'nikmasini shakllantirish ishi davom ettiriladi, chunki navbatchilikning vazifalari kengayib boradi. Navbatchilikni tayinlashda bu ishda tajribaga ega bo'lganlar katori yangi bolalarni tayinlash xam etibordan chetda kolmasligi kerak. Yil boshida tarbiyachi navbatchilarni o'z ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.72 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.72 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: doc