Bolalarni nutqini o'stirish fanining maqsad va vazifalari

Bolalarni nutqini o'stirish fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni nutqini o'stirish fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU:BOLALARNI NUTQINI O'STIRISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1.Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi 2. Bolalar nutqini o'stirishning asosiy mazmuni. 3. Nutq o'stirishni ta'minlaydigan omillar. Bolalar nutqini o'stirishning predmeti maqsadi va vazifalari. Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So'ngi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi qonunining 8- moddasida: «Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o'qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni boshlang'ich ta'limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi»deyilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta'lim -tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish masalalariga e'tibor qaratilgan. Mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrning nutqini rivojlаntirishning аsosiy vаzifаlаri Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini о'zlashtirilishi hamda uning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O'zbekiston Respublikasida o'tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta'lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o'qitish zarurligi masalasini ko'tarib chiqdi. XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o'qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo'yicha tadqiqot o'tkazildi. 1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o'zga tilni (rus, o'zbek) o'qitish muammosi O'zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob'yekti hisoblanadi. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi Maktabgacha yoshdagi bolalarda og'zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo'yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to'g'ri shakllantirih yo'llari va ish samaradorligi. Zamonaviy pedagogik texnologiya. Ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha yoshda bo'lgan bolalarda og'zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko'ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish; bola nutqiga ta'sir ko'rsatishning eng samarali yo'lini to'g'ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish; bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o'zlashtirilishini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 168.69 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 168.69 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga