Bolalarni rivojlanishidagi omillari

Bolalarni rivojlanishidagi omillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni rivojlanishidagi omillari - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni rivojlanishidagi omillari BOLA TARBIYaSIDAGI VAZIFALAR Hayotining birinchi yilida bolalarni tarbiyalashning muhim vazifalari: bolaning yoshiga va jismoniy holatiga to'g'ri keladigan kun tartibi bilan, har bir uyg'oq va uyqu vaqtining davomiyligini, ularning muayyan ketma-ketligini ta'minlash; talabga javob bera oladigan jismoniy rivojlanishini ta'minlash, bor imkoniyatlardan foydalangan holda bolaning sog'lig'ini muhovazalash va mustahkamlash, ularning harakatini rivojlantirish; statistik va lokomotor funksiyalarini o'z vaqtida paydo bo'lishiga undash va rivojlantirish - boshini tutib turishni, yotgan holda to'ntarilishni, tizza va kaftlarni yerga qo'ygan holda turishni, emaklashni, o'tirishni, tik turishni, yurishni, predmetlar bilan harakatlarni takomillashtirish. Bolaning harakat faoliyatini rivojlantirish, unda mustaqil harakatlanishda ijobiy emotsional munosabatni tarbiyalash uchun shart sharoit yaratish; ko'rgazmali faoliyatni shakllantirish, faollikni rivojlantirish, etiborni tovushga qaratish, ko'rishga va eshitishga yo'naltirish; muloqotni rivojlantirish, bolalarda javoban emotsional reaksiyani yuzaga keltirish, so'zlarni tushunishga o'rgatish, faol so'zlashning tayyorlov bosqichlarini rivojlantirish; bolalarning sensor bilimini kengaytirish; bolalarga, yaqin insonlarga afzal bo'lgan axloqiy xulq atvorni, yaxshi odatlarni, emotsional ko'yinchaklikni, xayrixoxona munosabatlarni shakllantirish. Bolalarni har taraflama tarbiyalashdagi kompleks vazifalarni amalga oshira turib, har bir bolaning individual o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, eshitish faolligini, turli nutq tovushlariga, kattalarning qo'shiqlariga, shaqildoqli o'yinchoqlarning tovushiga quloq solish ko'nikmalarini rivojlantirishni ta'minlash muhimdir, bolalarda javoban emotsional reaksiyani yuzaga keltirish, ortiq darajada og'irlik qiladigan vazifalarni yuklash mumkin emas: uxlamaslikning, o'yin mashg'ulotlarining, kuchli tovushli va boshqa ta'sirlarning haddan tashqari uzoq muddat davom etishi. Hayotining birinchi yilida bola rivojlanishida yuqori tempni hisobga olish muhim, o'z vaqtida yosh davrlariga muvofiq bo'lgan tarbiyaviy jarayonning dasturiy talablarini amalga oshirishga o'tish. Bola hayotining birinchi yili shartli to'rt yosh davrlariga bo'linadi: tug'ilgandan 2,5-3 oygacha; 2,5-3 oydan 5-6 oygacha; 5-6 oydan 9-10 oygacha; 9-10 oydan 1 yoshgacha. Bolaning rivojlanishida har bir yosh davrlarida yetakchi yo'llar ajraladi, yani bolaning kelgusidagi rivojlanishiga jiddiy ta'sir etuvchi xususan ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi mahorat va ko'nikmalarni o'z vaqtida shakllantirish: tug'ilgandan 2,5 - 3 oygacha - tunda uyquga, kunduzi esa tetiklik va ovqatga to'yinganlikni hisobga olgan holda uyquning kunlik ritmini, ovqatlantirish va uyg'oq bo'lishni belgilab olish muhim; 1,5-3 oydan 5-b oygacha -ko'rish va eshitish differensiyasini, tovush kelayotgan manbani izlab topish ko'nikmalarini, kattalar bilan muloqotda yorqin ifoda etilgan turli emotsional reaksiyalar keltirishni, har xil holatda va kattalarning qo'lidan o'yinchoqlarni olish ko'nikmasini, guvranishining yuzaga kelishini shakllantirish; 5-6 oydan 9-10 oygacha - emaklash ko'nikmasini rivojlantirish, oddiy harakatlarni o'xshatish layoqatining yuzaga kelishi, predmetlar bilan birinchi harakatlari, guvranishning keyingi rivojlanishi, tovush va bo'g'inlarning talaffuz qilishda o'xshatishning vujudga kelishi, bazi bir o'yinchoqlarning nomini tushunishi, og'zaki so'rash bo'yicha oddiy va o'yinchoqlar bilan harakatlarni bajarishi; 9-10 oydan 1 yoshgacha - mustaqil ravishda yurishning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 93.04 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 93.04 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga