Bolalarni sportcha suzishga o'rgatish xususiyatlari R e j a : 1. suzish darsi 2. o'quv sog'lomlashtirish ishlari 3. Mashg'ulot asoslari va uslublari 4. Mashg'ulot darsini rejalashtirish va mazmuni 5. Bolalar va o'smirlar Mashg'ulotlarini tashkil etish uslublari suzish DARSI suzish bo'yicha o'quv mashg'ulotini uyushtirish va o'tkazishning asosiy formasi gruppali dars hisoblanib, u o'zida hamma o'quv-tarbiya jarayonini mujassamlashtiradi. Har bir darsning vazifasi, mazmuni va yo'nalishi kurs oldiga qo'ygan vazifalar va o'quv materiali hamda shug'ullanuvchilarning oldingi darslarda olgan bilim va ko'nikmalariga asoslanib belgilanadi. Dars rejai vazifalar va mashg'ulotlarni o'tkazish metodikasi asosida tuziladi. U shartli ravishda uch qismga-tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarga bo'linadi. Tayyorgarlik qismida shug'ullanuvchilarni uyushtirish va dastlabki tayyorlash vazifasi amalga oshiriladi. Bunga shug'ullanuvchilarni uyushtirish (saflash, raport, yo'qlama va hokazo), o'tilganlarni qisqacha qaytarish, umumiy va shaxsiy xatolarni tuzatish, yangi o'quv materialini tushuntirish va namoyish etish, ilgari o'rganilgan va yangi yordamchi mashqlarni bajarish va, nihoyat, mashqlar muvaffaqiyatini tatshinlovchi shug'ullanuvchilar organizmiga zarur bo'lgan, chigil yozish mashqlari kiradi. Darsning asosiy qismida suzish sporti texnikasini egallash, shug'ullanuvchilarda harakat sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish kabi vazifalar hal ztiladi. Bu qismga suzish usullari texnikasining elementlari, start va burnlish texnikasini o'rgatish va o'zlashtirnsh, o'rgatilayotgan suzish uslubining texdarsda shug'ullanuvchilar bajargan mashqlarning sifati bo'yicha kamchiliklarni ko'rsatish va tarbiya ahamiyatiga ega bo'lgan ayrim ogohlantirishlarni berish. Uyda, Ochiq havoda hamda hovuzda mustaqil shug'ullanish uchun umumiy va shaxsiy topshiriqlarni bayon ztishdan iborat. Bolalarni suzishg boshlang'ich o'rgatishni uyushtirish va o'tkazishda ularning anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish zarur. Kattalar va bolalarni suzish sportiga boshlang'ich o'rgatish uslubiyasi o'rtasida prinsipial tafovut yo'q. Lekin shunga qaramay o'qituvchi bolalar bilan shug'ullangan paytda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga qarab uslubiy usullarni qo'llashi zarur. Bolalarni suzishga o'rgatish paytida xususan tushuntirish va ko'rsatish metodlari keng qo'llaniladi. Kichik yoshdagi bolalar bilan shug'ullanishda ko'rsatish, yengil va oson formada tushuntirish bilan qo'shib olib boriladi. o'rta va katta yoshdagi bolalarni o'qitishda ko'rgazmali qurollardan foydalanib to'liq va chuqurroq tushuntirish zarur. Ko'rgan narsalarini qabul qilishda bolalarning zehni o'tkir bo'lishini e'tiborga olish zarur. Shuning uchun ko'rsatish to'g'ri va malakali bo'lishi kerak. suzish texnikasini egallashning sifati va o'quvchilarning sport kelajagi ko'p jihatdan ko'rsatish sifatiga bog'liq. Bolalarga mashqlarni bajarish paytida suzish harakatlari texnikasini noto'g'ri va palapartish bajarishga yo'l qo'ymaslik kerak. suzish texnikasini umumiy, qo'pol formada egallagan bolalarning Har bir harakatini tuzatishga to'g'ri keladi. 5-8 yoshdagi bolalar, odatda, suzishni umuman bilishmaydi va ularning ko'pchiligi mustaqil ravishda suvga kirishga hamda eng oddiy mashqlarni ham bajarishga botinishmaydi. Havo to'ldirilgan doira bilan mustaqil suzishganda ham ularning oyoq va qo'llari yurgan paytdagidek harakat qiladi. Bunda bosh suv ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.16 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.16 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: doc