Bolam baxtli bo'lsin desangiz

Bolam baxtli bo'lsin desangiz

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolam baxtli bo'lsin desangiz - rasmi

Material tavsifi

BOLAM BAXTLI BO'LSIN DESANGIZ,OTA-ONALARNING BOLA TARBIYASIGA E'TIBORI QANDAY? «Oila men uchun muqaddas.Muqaddasligi shuki, avvalombor qaerda ishlashidan qat'i nazar, kim bo'lishidan qat'i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada hallollik, munosat, tarbiyaga alohida e'tibor bermasa, hech qachon natija bo'lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e'tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o'zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman. SH.M.Mirziyoev O'zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da: «Ota-ona o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o'z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o'z bolalarining sog'ligi, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishlari shart», - deyiladi. Oila kodeksida bola manfaatlarini eng yaxshi tarzda ta'minlash prinsipi ham hisobga olingan. Buning uchun ota-onalarga tegishli huquqlar, shu jumladan o'z farzandini shaxsan tarbiyalash huquqi berilgan. Farzandalarimni tarbilayman deya,ko'p ham xunob bo'lmang,vaqt ketkizmang.Ular baribir sizga o'shagan bo'lishadi.Undan ko'ra o'zingizni tarbiyalang Farzandga to'g'ri tarbiya berish esa oiladan boshlanadi. Oilada farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun ma'naviy- axloqiy sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatlarga erishiladi. Abdulla AvloniyningTurkiy Guliston yoxud axloqkitobida Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni,foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish - tarbiya bilan bo'lur - deyilgan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o'zlarining burch va mas'uliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Shunday ekan, oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro'sining yuqori bo'lishi, bolalarga talab qo'yishda oila kattalari o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e'tibor berish, tashabbuskorlik sifatlarini qo'llab-quvvatlash ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Oisha onamizdan (roziyallohu anho) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): Farzandlaringizga munosib onani ixtiyor qilinglar, deganlar. Bo'lajak kelin sog'lom, dinu diyonatli, soliha, go'zal tarbiyali bo'lmog'i baraka omilidir. Oila qurishdan asosiy maqsad naslni davom ettirishdir. Insoniyatning ko'payishi, naslning bardavomligi qiyomatgacha davom etadigan ilohiy iroda va muhim jarayondir. Psixologlar ota-onalar uchun tarbiyasi og'ir hamda quloqsiz bo'lgan bolalarni qanday qilib, tarbilash borasida, o'zlarining qator tavsiya va takliflarinilarini berib o'tishgan. Tarbiyasi og'ir bola - pedagog va ota-onalar uchun azaliy bosh og'riq. Qariyb 99% ota-ona bunday muammoga duch kelishadi. Lekin muomalani qaytadan ko'rib chiqish orqali bunga barham berish mumkin. Ko'pincha ota-onalar bola 5 - 7 yoshga to'lib, qiliq va injiqliklari bilan hammani bezor qilishga ulgurganda shifokor va pedagoglarga shikoyat qila boshlashadi. Biroq bolani mo'min-qobil qilib o'stirishga yordam beruvchi tarbiya usullarini ancha oldin - go'dak bir yoshga to'lar-to'lmas boshlash kerak. Bola xarxashalarni qanday to'xtatish mumkin? Gapga kirmaydigan quloqsiz bolani «farishta»ga aylantirish aslida mo''jiza yaratish emas. Haqiqatda bu pedagogik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 945.39 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 945.39 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga