Bolani jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri

Bolani jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolani jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Bolani jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri Reja: Bolani shakllantiruvchi uch omil. Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar Bolalarning ijtimoiy muhitga moslashshi Bolani shakllantiruvchi uch omil Odam bolasining rivojlanishi - bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin. Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz. Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari. Biologik yo'nalish - bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy - biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi. Preformizm yo'nalishi - XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi. Bixeviorizm yo'nalishi - bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E. Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz. Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. Tarbiya arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.76 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.76 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga