Reja: Bolaning psixik jihatdan kamol topib borishining asosiy davrlari. Kamol topish va ta'lim o'rtasidagi bog'lanish. Kamol topishda psixik funksiyalarning roli. Tayanch tushunchalar va iboralar: psixik funksiya, ong, idrok, tafakkur, nutq, xotira, atrof-muhit, irsiyat, ta'lim-tarbiya, xususiyat va sifatlar. Psixik va jismoniy o'sishida kamchiligi bo'lgan bolalarni o'qitishdagi qiyinchiliklar qay tariqa va nima uchun vujudga kelishini yaxshiroq anglab olmoq uchun avvalo bolaning normal sharoitida kamol topib borishining asosiy qonuniyatlari bilan tanishib chiqish zarur, chunki anomal holda kamol topishning asosiy, muhim xususiyatlari normal bolaning kamol topish qonuniyatlari bilan taqqoslanganda ravshan bo'ladi. Bolaning o'sish jarayonida kamol topib boradi, ammo bu kamol topib borish qonuniyatlarini tushunishda ko'pincha xato qilinadi. Shaxsning kamol topib borishidek murakkab jarayonning sababi biologak faktorlar bilan ijtimoiy faktorlarning birligidir. Shu sababli, bolaning psixik jihatdan kamol topib borishi jarayonini to'g'ri anglamoq uchun shu faktorlardan har birining rolini va ahamiyatini o'qib olish muhimdir. Har qanday psixik jarayonning kamol topib borishida irsiy zamin ham, muhit ta'siri ham ma'lum o'rin olgan bo'ladi. Ammo psixikaning turli tomonlarida, turli yoshlarida bu ta'sirlarning hissasi har xil bo'ladi. Bola hayotining ilk bosqichlarida tarkib topadigan oddiy harakat akti uning kamol topib borishida ko'proq biologik faktorlarga bog'liq bo'ladi. Inson psixikasining organik birligani va bu uning tarkib topish jarayonida turli bosqichlardan o'tishini e'tiborga olib shuni ta'kidlash zarurki, ixtiyoriy diqqat, faol eslab qolish, fikrlash faoliyati singari murakkab psixik jarayonlarning kamol topishi, shuningdek, tarkib topguncha uzoq yo'lni maktabgacha tarbiya, maktab, o'smirlik, yigitlik yoshini bosib o'tadigan xarakter va xulq-atvorning kamol topishi irsiyatga qaraganda beqiyos darajada ko'proq atrofdagi ijtimoiy muhitga, bolaga tarbiya va ta'lim berish sharoitiga, madaniy-maishiy muhitga, muomala xarakteriga, faoliyat ko'rinishlari va usullariga va shu singarilarga bog'liq bo'ladi. Muhit bolaning kamol topib borishi uchun sharoit sifatidagina emas, balki manba sifatida ham namoyon bo'ladi. Bola dunyoga kelgan dastlab kunlaridanoq uni o'rab olgan ijtimoiy muhit bilan o'zaro munosabatda va uning ta'siri ostida bo'ladi, bu muhit uning kamol topib borishini belgilab beradi. Bolaning kamol topib borish jarayonida bir xarakterli xususiyat borki, navbatdagi har bir yosh bosqichida o'zgarishlar ro'y beradi va shu bilan bir vaqtda shaxsning yangi xususiyatlari ham vujudga keladi. Ana shu yangilikning vujudga kelishi bolaning kamol topishidagi asosiy va muhim belgidir. Kamol topib borish jarayonida psixik jarayonlarning o'zigina tarkib topib qolmay, balki bu jarayonlar o'rtasida murakkab o'zaro bog'lanish va o'zaro munosabatlar ham yuzaga keladi, bu esa umuman ong tarkibining rivojlanishini ta'minlaydi, ong darajasi esa o'z navbatida har bir psixik jarayonning bundan buyongi rivojlanishini va ongli faoliyatining ayrim formalarini belgilab beradi. Har bir psixik funksiyalarning tarkib topib borishi jarayonida L.S.Vigotskiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.9 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.9 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: doc