Bolaning maktabda ta'lim olishga tayyorligini tashxislash usullari Reja: 1. Sogligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi. 2. Shaxsiy - psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi. 4. Tekshirishning qo'shimcha shakllari. 5. Bolalarning sogligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash. Birdan takidlaymizki, bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning kaysi jihatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti yoshlining muvaffakiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu maqsadda u tarbiyachilarga, kolaversa 1-sinf o'qituvchilari uchun xam kerak. Axir bolani o'qitish uchun uni xar tomonlama bilish kerak. Afsuski bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o'zini oklamagan turli xil shakllarni kupligi ta'lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmokda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini belgilovchi asosiy kursatgich sifatida tez o'qish ko'nikmasi (bir minutda 50-70 va undan xam oshik so'z) ilgari surilmokda. Vaxolanki, bu ko'nikma maktabgacha ta'lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o'qishga urgangan bulsa yomon emas, birok bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida kabul kilinmasligi kerak. Tashxis o'tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta'lim lishga tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida ushbu kitoda turli usullarning bir necha variantlari berilmokda. Birok bu xar bir bolaga tashxis kuyishda maskur uslublarning barchasini qo'llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o'tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o'yin tartibida olib borgan makul. Toki bola o'zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning kizikishini sundirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o'yinlardan 2-3 tasini o'tkazgan makul. Bir marta tashxis o'tkazish vaqti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Mazkur kitob tuzuvchilari mavjud tashxis o'tkazish variantlarini urganib, barcha turdagi maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar uchun majburiy bo'lgan hamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jixitlarni chuqurrok yechishlariga imkon beruvchi qo'shimcha shakllarni bilishni taminlovchi asosiy yo'nalishlarni belgilab olishni makul ko'rishdi. I.Asosiylarga kuyidagilar kiradi: 1. Sogligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi. 2. Shaxsiy - psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi. - tashxislovchi kirish suhbati; - Kern-Irasek sistemasi bo'yicha tashxislar; - Venger metodi bo'yicha tashxislash ( grafik diktant ). 3.ta'lim olish faoliyatining ko'nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: - bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniklovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik); - bolalarning matematik tushunchalarini aniklovchi savonoma; - bolalarning og'zaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniklovchi savolnoma. 4. Tekshirishning qo'shimcha shakllari: qanday tekshirish kerak: - ko'rish xotirasi; - eshitish xotirasi; - mazmun xotirasi; - tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji; - og'zaki - mantikiy fikrlash rivoji; - malum joyda, hududda muljal olish rivoji; - matematik tushunchalari rivoji; - tasvirlash faoliyati bo'yicha ko'nikma va uddalashi rivoji; - o'zi va uzining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.83 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.83 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: doc