Bolaning sotsiumda rivojlanishi. Shaxsning ijtimoiylashuvi Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O'sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o'zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o'zgarishlarni o'z boshidan kechiradi. Insonda bo'ladigan jismoniy o'zgarishlarga - bo'yinning o'sishi, vaznining og'irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a'zolari va asab tizimining o'zgarib borishi kiradi. Ruhiy o'zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo'ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo'lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi - bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo'lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to'g'ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko'rish lozim. Pedagogikada shaxs tushunchasi inson tushunchasidan farqli o'laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo'lishi, munosabat o'rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o'z o'rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo'lida og'ishmay, e'tiqod bilan xizmat qilish, iymonli bo'lishi, insonni shaxs darajasiga ko'taradi. Bunday sifatlarning ro'yobga chiqishi tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Fan faoliyatining bir sohasi u yangi obyektiv bilim va ko'nikmalarni yaratadi. Inson rivojlanishi juda qiyin protsess. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta'siri ostida bo'ladi. Tashqi faktorlarga: Insonni o'rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit kiradi. Bolalarda malum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli yo'naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki faktorlar: biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga ta'sir qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo'ladi. Bolaning rivojlanishi protsessida turli faoliyatlarga duch keladi: o'yin, o'qish, mehnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo'ladi ota-onasi, aka-ukasi, qarindoshlari do'stlari va boshqalar bilan. Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko'nikmalar hosil bo'la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global o'y, ekologik faktorlar: suv, havo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko'r, soqov yani nuqsonli bolalarning ko'payishi kuzatilmoqda. Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat buzilishini, shizofreniya kon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmoqda. Lekin bolani ijtimoiylashtirishda protsessida bularni hammasini hisobga olish kerak ijtimoiiy faktorlarga: Mikro faktorlar, makro faktorlar, mezon faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir. Bolaga eng yaqin bo'lgan sotsiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil to'garaklardir. Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga o'tib yurishi mumkin. U faqatgina bu sotsiumdan o'ziga mos keladigan qulay sharoitni qidiradi va shu qidirish natijasida o'ziga ijtimoiy malaka etishtirib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.1 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.1 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: doc