«Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni darsdan keyingi vaqtini mazmunli tashkil etishda yetakchining roli» «Kamolot»-yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo'lsin» I.A.Karimov Tarbiya ishlari faqat dars jarayoni bilangina cheklanib qolmasdan, o'quvchilarning bo'sh vaqtlaridagi faoliyatida ham davom etadi. Tarbiya jarayonida muayyan mazmun bilan to'ldirilmagan vaqt bo'lmaydi. Chunki tarbiya, Makarenko aytganidek, tom manosi bilan Yer kurrasining har qaysi kvadrat metrida sodir bo'ladi. Shu bois komil insonni tarbiyalashda o'quvchilarni darsdan tashqari bo'sh vaqtlaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini uzluksiz ravishda davom ettirishda o'quvchilar uylari va saroylari, yosh texniklar, tabiatshunos-naturalistlar stansiyalari bolalar kutubxonalari va klublari, bolalarning qo'g'irchoq teatrlari va yosh tomoshabinlar teatrlari, sport va musiqa maktablari, o'quvchilarning yozgi dam olish va mehnat lagerlari va boshqa tashkilotlarning ishlari asosiy o'rinni egallaydi. O'quvchi yoshlarning bo'sh vaqti bu ularning barcha majburiy ish faoliyatidan tashqari o'z ihtiyoridagi vaqt bo'lib, bu vaqtdan u o'zining barcha shaxsiy qiziqishi, istak va talablarini qondirish uchun foydalanadi. Bo'sh vaqtdan oqilona foydalanish o'quvchilar tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, bu yoshda bolalar xulq-atvori atroflicha shakllanayotgan, ma'naviy va jismoniy jihatdan kamol topayotgan bo'ladi. Bolalar bo'sh vaqtlarining pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq tashkil qilinmasligi o'quvchi xulq-atvorining buzilishi «ko'cha ta'siri» da yomon yo'llarga kirib ketishi kabi xunik oqibalarga olib keladi.Maktab yetakchilari bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar mazmuni jihatidan boy va rangbarang bo'lib, u o'z ichiga g'oyaviy siyosiy tarbiyani, axloq tarbiyasini, badiiy-estetik tarbiyani, yoshlarning texnik va tabiatshunoslik ishlarini, jismoniy tarbiya va sport, ekskursiya-turistik faoliyat va bolalar o'yinlarini qamrab oladi. Yosh avlodni g'oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirish hozirgi kundagi milliy, mafkuraviy ishimizning muhim qismini tashkil qiladi. Yosh avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk inson darajasiga yetkazish, birinchi navbatda ota-onalarning va jamiyatning asoiy vazifasidir. Maktabning yoshlarni o'qitish va tarbiyalashda bir maqsad sari yo'naltirilishi ta'lim-tarbiya izchillik tamoillining yaqqol ko'rinishidir. Bo'sh vaqtdan insonning har tomonlama kamol topishini ko'zlab foydalaniladi. Shu manoda bo'sh vaqt mas'uliyatdan holi bo'lgan vaqt emas. Har bir o'quvchi bo'sh vaqtdan oqilona foydalanishi, o'z bilim doirasini tinmay kengaytirib borishi, madaniy saviyasini oshirib sport bilan shug'ullanishi kerak. Maktab, ota-onalar, keng jamoatchilik bo'sh vaqtdan unumli foydalanishni rejalashtirar ekan, ana shunday foydali maqsadni ko'zlashadi. Maktab o'quvchilarining o'quv yili davomida har xil dam olish, bayram, tatil kunlarini qo'shib hasoblaganda 160 kungacha bo'sh vaqtlari bo'ladi. Bo'lardan tashqari mutaxassislarning hisoblariga ko'ra, har bir o'spirinning darsdan tashqari vaqti sutkaning 60% tashkil qilar ekan. Shuning uchun maktab yetakchisining ish rejasi shakli va usullari o'quvchilarni bo'sh vaqtlardan unumli foydalanishni hisobga olgan holda tuzilgan bo'lishi kerak. O'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ayniqsa past o'zlashtiruvchi o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etishga alohida ahamiyat berishimiz lozim. Bu ularni har tomonlama kamol topishi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.41 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.41 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: doc