Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni kutubxonaga jalb etish usullari

Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni kutubxonaga jalb etish usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni kutubxonaga jalb etish usullari - rasmi

Material tavsifi

Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni kutubxonaga jalb etish usullari Reja: Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni kutubxonaga jalb etish usullari. Kichik yoshdagi kitobxonlar o'rtasida o'qish darsliklari «Kitoblar fikrlash qobiliyatimizni, bilimimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir» E.Fage. Jamiyatga puxta va chuqur bilimli, yuqori malakali kadrlarni etishtirib berish ta'lim islohotlarining asosiy yo'nalishidir. ta'lim va tarbiya jarayonini sifat va samaradorligiga erishishda maktab kutubxonasining o'rni beqiyosdir. Maktab kutubxonasining yangi bilimlar manbai sifatidagi o'rni - axborotni ommalashtirish va shaxsning o'z-o'zini qaror toptirishga ko'maklashishida namoyon bo'ladi. Bolalarga bilim va tarbiya beruvchi asosiy manbaa kitobdir. Kitob o'qish maktabdagi ta'lim jarayoni bilan uzviy bog'liqdir, chunki bolalar muntazam o'qish san'ati bilan maktabda tanishadilar. Lekin maktabda o'quvchi o'quv fanlarini egallashi, bilimlarni o'zlashtirishi o'z ustida mustaqil ishlashiga bog'liq bo'lib, bu jarayon kutubxonalar zimmasiga yuklatilgan. Zero, kutubxona o'quvchilarni darsdan keyin o'z bilimlarini mustahkamlaydigan, kengaytiradigan auditoriya sifatida xizmat qiladi. Insonning har qanday ongli faoliyati ilgari o'zlashtirgan axborotlarni qay darajada egallaganligiga asoslanadi.Kishining amaliy-kasbiy mahorati faoliyatlarga doir axborotlar egallanish darajasiga bog'liq ekan, demak, o'qish jarayonining pirovard natijasi ham o'quv materiallarini o'quvchining o'zlashtirish darajasini belgilaydi. Maktabdagi alochi o'quvchilarga nisbatan past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni kitobga bo'lgan qiziqishi, kitobxonlik darajasi bir muncha sustroq bo'ladi. Bunday o'quvchilar bilan ishlashda kutubxonachi pedagogik psixologiya va kutubxonashunoslikning asosiy tamoyillariga tayangan holda ish olib boradi. Avvalo, maktab psixologi va o'qituvchi, sinf rahbarlari bilan hamkorlikda past o'zlashtirishning sabablari aniqlanadi. Yani bolalarning psixofiziologik xususiyatlariga tayanib, ularni salomatligi, fel atvoridagi tortinchoqligi, o'z tengdoshlariga kirishib keta olmasligi, berilgan bilimni sekin o'zlashtirishi, ko'p dars qodirishi, maktab va oiladagi ruhiy muhitning ta'siri hamda o'quvchining ruhiy holati o'rganib chiqiladi. Bo'sh o'zlashtirish sabablarini aniqlagandan so'ng kutubxonachi o'qituvchi , ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikda bunday o'quvchilar bilan yakka yondashuv tartibida ish olib boriladi. O'quvchilar ayrim fanlarni o'zlashtirishda xususan aniq fanlarni o'zlashtirishda kiynalishlari mumkin, lekin ular juda chiroyli rasm chizishi, qo'shiq kuylashi yoki til o'rganishda qobiliyati baland bo'lishi mumkin. Kutubxonachi ana shu holatlarni etiborga olgan holda o'quvchilar o'rtasida «Men dunyoni chizaman», «Ertaklar yaxshilikka etaklar», «Dunyoda tinchlik bo'lsin» kabi mavzularda rasmlar tanlovi yoki asfaltga rasm chizish musobaqasi tashkil etishi mumkin. Bu usul orqali bo'sh uzlashtiruvchi o'quvchilarni tadbirga jalb etibgina qolmay, ularni istedodini namoyon etishiga , o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlanishiga ko'maklashgan bo'ladi. Kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish, qatnov samaradorligini yanada oshirish borasida yangi interfaol usullardan keng foydalanilsa, kutubxonada tashkil etilgan to'garak mashg'ulotlarida o'quvchilarni o'qishga qiziqtirish, bilimlarini oshirish va kengaytirish ishlari bilan bir qatorda ushbu yo'nalishlar bo'yicha interfaol usullar asosida treninglar o'tkazib borilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki, interfaol usullar -faollik omilidir. Maktab kutubxonasida quyidagi innovatsion usullardan foydalanish mumkin: bahs-munozara, debatlar Kichik gruxlarda ishlash Sinflararo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.84 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.84 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga