Boshlang'ich maktablarda tabiiy fanlarning mazmuni o'quv dasturning tahlili

Boshlang'ich maktablarda tabiiy fanlarning mazmuni o'quv dasturning tahlili

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich maktablarda tabiiy fanlarning mazmuni o'quv dasturning tahlili - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Boshlang'ich maktablarda tabiiy fanlarning mazmuni o'quv dasturning tahlili Reja: I. 1-2 sinflarda Atrofimizdagi olam darsligi bilan ishlashning metodik xususiyatlari. II. 1-2 sinflarda shakllanishi lozim bo'lgan asosiy tushunchalar. II. 3-4 sinf Tabiatshunoslik darsligi bilan ishlash metodikasi. Darslik mazmuniga she'rlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklar kiritilgan. Bizning maktab, Bizning mahalla, Bizning bog', Biz va tabiat mavzulari bo'yicha tekstlar qisqacha ishchanlik ruhidagi maqolalar tarzida berilgan.Darslikdagi she'rlarni, albatta yod olish shart emas. Asosiy maqsad - mavzu mazmunining mohiyatini tushunishdir. Mavzu bo'yicha yangi atamalar va xulosalar darslikda yo'g'on harf bilan ajratilgan, bu esda yaxshi qoldirishga yordam beradi. Xalq ertaklarining har xil vaziyatlarda tasvirlangan qahramonlari ko'pgina mavzularda bordir. Ular go'yo bolalar bilan birga atrof olamni bilib olishga o'rganadilar. Bunday uslub o'qituvchiga o'yin vaziyatini o'rgatishga va yaratishga, bolalarda tabiatga va o'quv faniga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Rasmlar bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, shunga ko'ra ulardan ko'rilayotgan rasmda ilgarigiga qaraganda nimalar yangi vujudga kelganini so'rash zarur. Darslik rasmlar bilan bezatilgan, ularga savol va topshiriqlar berilgan. 3 sinfda tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida fan sifatida o'qitish 3-sinfdan boshlanadi. O'quv materiali Tabiatda suv va havo, Foydali qazilmalar, Tuproq, O'simliklar dunyosi, Hayvonot dunyosi, Tabiat va inson salomatligi, Tabiat va inson mavzulariga birlashtirilgan. Tabiatshunoslik bo'yicha dastur kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga faqat jonajon tabiat go'zalligi va boyliginigina emas, balki boshqa mamlakatlar xalqlari bilan qardoshlarcha hamkorlikda o'z mamlakatining ahamiyatini ko'rsatishga ham imkon beradi. 3-sinfda o'quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar: bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, bo'sh, mo'tadil) belgilaydilar. Fenologik kuzatishlar o'tkazishni davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar bo'yicha), barglarning sarg'ayishini xazonrezgilikni, yil fasllari bo'yicha o'simlik va hayvonlar holatini belgilaydilar 3-sinfda umumsinf tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu ikki yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash imkoniyatini beradi. Har kuni ob-havo, o'simlik va hayvonlar holatini belgilab, o'quvchilar joriy kuzatishlarini o'tgan yili shu kun o'tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish kuzatishlarga qiziqishni, ularning sifatini oshiradi, tabiatshunoslik tushunchalarini chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi. Madaniy o'simliklar , Uy hayvonlari mavzularini o'rganishda bolalar kuzatish, tajriba, ekskursiya, amaliy ishlar o'tkazish yo'li bilan o'simlik va hayvonot dunyosining mahalliy vakillari bilan, o'z joyi yuzasining shakllari bilan, suv havzalari va suvning xususiyatlari bilan, tuproq hamda foydali qazilmalar bilan tanishadilar. Bolalar uchun Bizning o'lka tushunchasi hammadan avval ularning uylari va maktabi joylashgan joydir, chunki ular ayniqsa atrof joyda bevosita kuzatishlari mumkin bo'lgan tuproq, o'simliklar, hayvonlar, yer yuzasining shakllari, suv havzalari, foydali qazilmalar bilan tanishadilar. Madaniy o'simliklar , Uy hayvonlari mavzularini o'tishda o'qituvchi o'quvchilarning tabiat obyektlarini kuzatishlariga, ularni kuzatishlar kundaligida va sinf tabiat va mehnat kalendarida qayd qilishlariga, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga