Boshlang'ich maktabni integratsiyalash va integratsiyalashgan rejalashtirish

Boshlang'ich maktabni integratsiyalash va integratsiyalashgan rejalashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich maktabni integratsiyalash va integratsiyalashgan rejalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich maktabni integratsiyalash va integratsiyalashgan rejalashtirish Reja: 1.Ta'lim jarayonini integrallashning nazariy asoslari. 2.Ta'limni integrallash - ijtimoiy-pedagogik hodisa ekanligi. 3. Ta'limni integrallashning hozirgi zamon muammolari. 4.Integralli ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan talablar. Tayanch tushunchalar: integratsiya, differensiatsiya; boshlang'ich, oraliq va yakuniy integratsiya. N.N.Skatkin, I.Ya.Lerner, Aleksyuk Yu.K.Babanskiylarning tekshiruvlarida ta'lim uslublariga taalluqli ikkilamchi tur belgilarining ta'rifi beriladi, Ular uslub-ifoda, mazmun va ta'lim usuli ekanligi isbotlab berishgan. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko'rsatadi. Ta'lim jarayoiida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o'qituvchi va u bilan birgalikda o'quvchilar o'z bilim, qobiliyat va ko'nikmalarini deduktsiya, induktsiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash taklida ifodalaydidar. Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog'langan ichkn tomonini tashkil qiladi. Boshlang'ich sinflarda o'quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o'quv rejalari va dasturlariga o'tish davrida jamiyat va atrof-muhit o'rtasndagi aloqalarni uyg'unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o'rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang'ich sinflarda o'rgataladi. Shuning uchun iqtisodiy ta'limning natijasi maktab ta'limining birinchi bosqichiga bog'liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining bilish faoliyatlari cheklaiganlngi haqida ilgarngi tushunchalarni ko'rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang'ich iqtisodiy ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o'zgartirish va yangilashga asos yaratadi. boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XIX-XX asrlar oralig'ida pedagogikada kichik maktab o'quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikri paydo bo'lgan. Bu fikr A.Ya.Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov komlari bilan bog'liq bo'lib, ular boshlang'ich maktabga atrofdagi jonln va jonsiz dunyo haqidagi bo'linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi. Integratsiyalashgan ta'lim-tarbiya, fanlararo aloqalariing ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (Ya. Komenskiy, D.Lokk, I. Gsrbart, M. Pestalotstsi, K.Ushinskny va boshqalar), didaktikalarning (I.D.Zverev, M.A. Danilov, V.N. Maksimova, S.P.Baranova, N.M.Katkina na boshqalar) psixolog olimlarning (E.N.Kabanova, Meller, N.F.Talizina, Yu.A. Samarina, G.I.Vergeles), medist olimlarning (M.R.Lvo», V.G.Goreskiy, N. N.Svetlovskaya. Yu.M.Kolyagin, G.N.Pristupova) ishlarida ko'rib chiqilgan. Bir qator ishlar boshlang'ich ta'limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag'ishlangan. By muammolar o'quv fanlarini integratsiyalashga o'tishning yaqin rivojlanish zonasidir. (T.G.Raizayeva, G.N.Akvileva, D.I.Troytal, G.V.Baltyukova, N.Ya.Velenkin, N.M.Drujnina, T.S.Nazarova, I.K.Blinova, R.G.Matyushova), Boshlang'ich maktab fanlarining integratsion aloqalari kam ishlab chiqilgan, qarama-qarshi ifodalangan. Bu aloqalarning mohiyati haqida olimlar orasida qarama -qarshiliklar ko'p. Integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligann ko'rib chiqaylik. «Intergratsiya» so'zi lotincha integratio-tiklash, to'ldirish, «integer» butun so'zidan kelib chiqqan. Ikkita tushunchaga egamiz: 1.Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog'liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon. 2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Differentsiatsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.9 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.9 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga