Boshlang'ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish

Boshlang'ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Fan:elementar matematika Muhammedsharibboyeva saraxon Boshlang'ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi Interfaol metodlar deganda- ta'lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o'zaro muloqotda, o'zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida,hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.Interfaol metodlar orqali o'quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etilsa, o'quvchi darsga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi va ta'lim sifati yaxshilanadi. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi: -Dars va mavzuning maqsadlari to'g'ri aniq tanlanganda; -Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa; -Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa; -Tanlagan metod o'quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa,o'quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o'quvchilarni umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi.Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi.Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek o'quv faoliyatini tashkil qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki o'qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo'llarini o'rgatadi.Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog'liqdir. Boshlang'ich matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan.Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari: 1) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi, 2) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini yoritib berishi kerak; 3) o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi kerak; 4) ta'limni insonparvarlashtirish; 5) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib beradi; 6) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishni ko'rsatad boshqa har qanday o'quv predmeti kabi matematika boshlang'ich kursi matematika o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi: 1. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi. 2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi. 3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi. O'qituvchi quyidagi tartibda o'quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 1. Nechagacha sanashni biladi? 2. Nechagacha sonlarni qo'shishni biladi? 3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 4. , ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga