MUNDARIJA KIRISh…….3 I BOBTest savollari haqida dastlabki ma'lumotlar…… 9 1.1§ Test tushunchasining paydo bo'lish tarixi…… 9 1.2§ Test savollari turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari32 I-bob yuzasidan qisqa xulosalar…….37 II BOB Boshlang'ich sinf matematikasida tuzilgan testlarni standartlash masalasi ……39 2.1§ Boshlang'ich sinf matematikasida tuzilgan test savollariga didaktik talablar va uni o'tkazish usul-vositalari……39 2.2§Matematika fanidan tuzilgan test savollaridan namunalar51 2.3§Testni standartlash bo'yicha tajriba-sinov ishlari……65 II-bob yuzasidan qisqa xulosalar…….69 XULOSA VA TAVSIYALAR……70 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……71 KIRISH Shaxs va uning kamolati muommosi taraqqiyot etayotgan va o'z taraqqiyotining yuksak cho'qqisiga intilayotgan jamiyat uchun eng dolzarb masalalardandir. 2012 yil 17-18 fevraldagi Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti mavzuidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari mamlakatimizdagi umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida bo'lib, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, ta'lim dargohlarida o'quvchi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Yuras Banis, Vilnyus universiteti prorektori (Litva): O'zbekiston - buyuk olim va mutafakkirlar yurti. Dunyoda haqli ravishda Algebra fanining otasi deb tan olingan Al-Xorazmiy, shuningdek, astronomiya asoschilaridan biri-Mirzo Ulug'bek kabi jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo'shgan ulug' allomalar yetishib chiqqan, -deb ta'kidladi. O'zining mustaqil taraqqiyoti yo'lidan borayotgan O'zbekiston Respublikasi har bir fuqaroning ma'naviyati shaxsiy rivoji va kamolati, shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg'unligi har qachongidan ham muhim qadiriyat sifatida qaralmoqda. Barkamol avlod tarbiyasi va uning mukammal ta'lim olishi masalalari davlat siyosati maqomi darajasida hal qilinayotganligi bu fikrning yorqin isbotidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'kidlanganidek, barcha o'qituvchilar o'zlarining innovatsion faoliyatini boshqarish borasida yetarli nazariy bilimlarga ega bo'lishlari kerak. Darslarni yangicha tashkil etish, kundalik darslarga yangicha ijodiy yondashishni, o'quvchilarning shu faoliyatiga faol ishtiroklarini tashkil etishni taqazo etmoqda. qisqacha qilib aytganda, maktabda ijodiy muhitni yaratish orqaligina, ta'limning sifat va samaradorligini oshirish mumkin. Yoshlarimizning bugungi kuniga eng ilg'or va eng zamonaviy ilm-fan yutuqlarini olib kirish uchun ularda bilish faoliyatini, ilmiy tafakkurlash qobiliyatini shakllantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.Ushbu malakaviy ish matematika darslarida tuzilgan testlarni standartlash masalasiga bag'ishlangan bo'lib, u amaliy ahamiyatga egaligi bilan dolzarb sanaladi. Mavzuni o'rganilganlik darajasi. Boshlang'ich sinf matematika darslarida tuzilgan testlarni standartlash masalasi S.Ahmedov, A.Abdurahmonov, G.M. Matvievskiy, S. X. Sirojdinov va A. Ahmedov, A.Asimov kabilarning tadqiqotlarida uchraydi. Boshlang'ich sinf darsliklarida (K.Qosimova, K.A.Mavlonova) o'qituvchilar uchun qo'llanmalarda (A.M.Rishkayev, I.Sh.Levenberg, N.U.Birkayeva, A.Ahmedov) turli test namunalarini keltiradilar. Tadqiqotning maqsadi: Boshlang'ich sinf matematika darslarida tuzilgan testlarni standartlash usullarini tadqiq etish va ularga ijodiy yondashish. Tadqiqot predmeti: Boshlang'ich sinf matematika darslarida testlardan foydalanish jarayoni Tadqiqot obyekti Boshlang'ich sinf matematika darslariga tuzilgan testlar Tadqiqot vazifalari: A) mavzuga oid pedagogik, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
169.21 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
169.21 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: ppt