Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy madaniyati

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy madaniyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy madaniyati - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy madaniyati mundarija KIRISH I BOB. BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KASBIY MADANIYATI 1.1 Kasbiy -pedagogik madaniyatnig mohiyati 1.2 Pedagogik madaniyatning tarbiyaviy vazifasi II BOB. O'QITUVCHILARNING KASBIY-METODIK TAYYORGARLIGI 2.1 O'qituvchilarning innovatsion metodik tayyorgarligi 2.2 Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining pedagogik jarayoni tashkil etish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan ekan, bu xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi oldiga ham muayyan vazifalar qo'yadi. Mazkur vazifalar umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6108-son Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida[1] 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-4884-son qarorda[2] mamlakatimiz ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o'qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo'lgan hurmat-e'tiborni yanada oshirish, o'qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Bilimga asoslangan iqtisodiyot ta'lim va kasbiy tayyorgarlikning yangi modellarini talab qiladi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik imkoniyatiga ega bo'lgan hayot davomida o'qish tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining malakasini oshirish tizimida metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ko'p jihatdan nazariy yoritilishiga qaramay, jamiyat, fan va ta'limning yangi yo'nalishlari o'qituvchini innovatsion metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish zaruriyatini kuchaytiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy-pedagogik faoliyatini mazmunli va sifatli tashkil etish, o'quvchilarning bilimini oshirishga yo'naltirilgan zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga o'rgatishning zaruriy e'tiborga olinmoqda. Davlatimiz rahbari O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yo'llagan tabrik nutqida ta'kidlaganidek, Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir-deydi[1]. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.61 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.61 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga