Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi D. Baxriddinova Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni mehnatga tayyorlash, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo'l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta'limi jarayoni o'quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan. Natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi. Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson bo'lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma'lum. Shuning uchun bo'lsa kerak, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to'g'risida alohida moddalar qabul qilingan. Masalan, Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar… (38-modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'm'not olish huquqiga ega… (39-modda) kabi huquqiy me'yorlarni misol qilib aytib o'tish mumkin. Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta'limiga e'tibor xalq ta'limida ham qaratilgan. Shu jumladan, boshlang'ich ta'limda ham har bir sinfda haftada bir soatdan mehnat ta'limi mashg'ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan. Boshlang'ich sinflarda o'tkaziladigan mehnat ta'limining maqsadi - o'quvchilarning barkamol shaxs bo'lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslarini (texnologiyasini) o'rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg'unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat dir. Mehnat ta'limining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya'ni o'quvchilarning mehnat ko'nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllantirish lozim. Mehnat ta'limining hozirgi davrdagi, qolaversa mehnat ta'limi o'qituvchilarining vazifalari ham, bu vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham yosh avlodning barkamol inson bo'lib yetishishlarida muhim o'rin tutadi. Bu vazifalar tubandagilardan iboratdir: -tashkiliy vazifalar - o'quvxona, unda maxsus ish joyi, zarur materiallar, asboblar tashkil qilish. -Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi talablarini ta'minlash. Uslubiy vazifalar - mashg'ultlarning yarim va bir yillik o'quv ish rejalarini tuzish, mahalliy sharoitlarni hisobga olish, o'g'il va qiz bolalarning o'zlariga xos mehnat mashg'ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish va boshqalardir. Boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan mehnat ta'limi fani o'quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.54 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.54 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga