Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirish metodikasi mavzusida yozgan Dissertatsiya T А Q D I M О Т I Mavzuning dolzarbligi Milliylik ifodasi ufurib turgan adiblarning ijodlari cheklab qo'yildi, ba'zilariga millatchi degan tamg'a bosilib surgun qilindi, qatl etildi. Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat,Usmon Nosir, Cho'lpon kabi adiblarimiz ana shu siyosatning qurboni bo'ldilar. Vatan, millat mavjud ekan, kishilar qalbida unga nisbatan g'urur va iftixor tuyg'usi doimo mavjud bo'laveradi. Tug'ilib o'sgan Vatanni madh etish, undan g'ururlanish xalqimizning oliyjanob xususiyatlaridandir. Ana shu oliyjanob hislatni yosh avlod qalbiga singdirish, kelajakda ulardan haqiqiy Vatan, millat uchun fidoiy insonlarni tarbiyalash jamiyatimiz qolavbersa, ta'lim-tarbiyaning asosiy va dolzarb muammolaridan biridir. Tadqiqotning maqsadi - Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishning pedagogik asoslarini aniqlash va uni takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari: 1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirish pedagogik muammo ekanligini nazariy hamda amaliy jihatdan asoslash. 2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tarbiyani shakllantirishga xizmat qiladigan vositalar,omillar va manbalarni aniqlash. 3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning o'ziga xos xususiyatlari, shakllari, metod va usullarini belgilash. 4. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayonni tashkil etishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularning samaradorlik darajasini belgilash. Tadqiqot obyekti Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon Tadqiqot predmeti Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishning mazmuni, shakllari, usul va metodlari. Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishning ilmiy-nazariy va tarixiy asoslari. 2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirish mezonlari. 3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari hamda uni shakllantirishga xizmat qiladigan manbalar va vositalar. 4. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik jarayonni tashkil etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar. Tadqiqotning ilmiy yangiligi 1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirish muammosi nazariy-amaliy jihatdan asoslandi. 2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga xizmat qiladigan vositalar va manbalar belgilandi. 3. O'quvchilarda milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga xizmat qiladigan tarixiy tajribalar o'rganildi, umumlashtirildi va ulardan foydalanish yo'llari ko'rsatildi. 4. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning o'ziga xos xususiyatlari, shakllari, usullari va metodlari aniqlandi. 5. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning samaradorlik darajasi belgilandi. Tadqiqotning ilmiy farazi - boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslari aniqlansa; - boshlang'ich sinf darsliklari misolida boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy g'urur tushunchasini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mazmuni, shakllari, usul va metodlari ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
163.52 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
163.52 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: ppt