Boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutq madaniyatini o'stirish

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutq madaniyatini o'stirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutq madaniyatini o'stirish - rasmi

Material tavsifi

boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutq madaniyatini o'stirish REJA: O'quvchilar nutqini o'stirishda matnlar bilan ishlash Nutq o'stirish nima? O'quvchilarga til namunalarini berish Mustaqil Vatanimizning kelajagi bo'lgan yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol, komil inson qilib rivojlantirish va tarbiyalash har birimizning asosiy vazifamizdir. Yoshlarimiz har doim, har vaqtda, har joyda, qarshisidagi inson kim bo'lishidan qat'iy nazar o'z fikrlarini erkin va to'g'ri ayta olishlari uchun ulardagi to'g'ri so'zlash va nutq madaniyatin yoshlikdanoq rivojlantirib borishimiz lozim. Bola ilk marotaba maktabga kelishi bilan ularning lug'atida yangi so'zlar paydo bo'la boshlaydi va so'z boyligi ortib boradi. Bu jarayonda o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarda to'g'ri nutqni shakllantirish va nutq madaniyatini ularga tushuntirishdan iborat. Biz avvalambor nutq o'zi nima ekanligini, uni o'stirish va unga qo'yilgan talablarni bilib olishimiz lozim. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so'z, so'z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Shu bilan bir qatorda nutqning o'zi to'rt turga bo'linadi: og'zaki nutq, yozma nutq, ichki nutq, tashqi nutq. Yozma nutq murakkab jarayon bo'lib, ko'p vaqt va mehnat talab qiladi. Bunday nutq davomida inson o'z-o'zini kuzatib boradi. Yozma nutqda savodxonlik va mazmun asosiy o'rinda turadi. Yozma nutqda bog'lanishli nutqqa alohida e'tibor qaratilishi lozim. Og'zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo'lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og'zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrir imkoniyatiga ega bo'lmaydi.Og'zaki nutq so'z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag'al bo'ladi. Kishilarning o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqida o'ylab olishlari ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan o'ylangan nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. O'quvchilar nutqini o'stirishda matnlar bilan ishlash ham katta ahamiyatga egadir. O'qituvchilar tomonidan o'quvchilar yoshiga mos bo'lgan matnlar tanlanadi. Tanlangan matnlar qismlarga bo'lib o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan sarlavha tanlanadi. Shu jarayonda o'quvchilarning tezkor fikrlash, mantiqiy o'ylashi va topqirligi rivojlanib boradi. Ularga berilgan matnlar ko'proq hayotiy va tabiatga bog'liq bo'lsa mazmunini tushunishlari oson bo'ladi. O'quvchilar bu kabi jarayonlarda tez-tez ishtirok etsalar ularning nutqida o'sish va rivojlanishni kuzatishimiz mumkin. Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) faol amaliy o'zlashtirish tushiniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, o'quvchilarning tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilish va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo'llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 972.5 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 972.5 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga