Boshlang'ich sinf o'quvchilariga diktant yozishni o'rgatish

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga diktant yozishni o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga diktant yozishni o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga diktant yozishni orgatish Boshlang'ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur: 1. Matnning monologik nutq shaklida bo'lishi. Unda ko'chirma gaplar, undalmali, kirish so'zli, ajratilgan bo'lakli gaplar, qo'shma gap bo'lmasligi lozim. 2. Matn hajmi 1-4-sinf o'quvchilarining o'qish sur'tiga asoslangan bo'lishi. 3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lishi. 4. Diktant matni o'quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi. 5. Tanlangan matn g'oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo'lishi, bolalar hissiyotiga ta'sir qilishi. 6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi. 7. Matnda o'rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi. Diktantlar maqsadiga ko'ra ikki xil bo'ladi: 1. Ta'limiy diktantlar - bilim berishga yo'naltirilgan diktantlar. 2. Tekshiruv diktantlari - o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar Ta'limiy diktantlarni o'tkazish vaqtini, o'rnini, turini o'qituvchining o'zi belgilaydi. Ta'limiy diktantlar uchun darsning ma'lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba'zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o'quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. Ta'limiy diktantda o'qituvchi o'quvchilarga o'rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o'quvchilar so'zlarni to'g'ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo'l bilan xatoning oldini olish chorasi ko'riladi. Masalan, 1-sinfda a va o unlilari o'rganilayotgan darsda bo'g'in-tovush, tovush-harf tahlili o'tkaziladi. Baho, bahor so'zlarining birinchi bo'g'inida a harfi yozilishini o'quvchilar bilib olgach, o'quvchilardan biri shu so'zlarni xattaxtaga yozadi. So'ng so'z o'chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi. Ta'limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Ta'kidiy diktant. 2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 3. Izohli diktant. 4. Saylanma diktant. 5. Erkin diktant. 6. Rasm diktant. 7. Lug'at diktant. 8. Ijodiy diktant. SHulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma'lum o'zgarishlar bilan yoziladi. Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o'rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada o'zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5-6 marta o'tkaziladi. Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. SHu jihatdan tekshiruv diktantining ta'limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Ta'kidiy diktantdan qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o'quvchilar so'zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar. O'z diktant yoki yoddan yozuvda o'rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan so'zlar bo'lgan matnni o'quvchilar o'zlari o'qib yodlaydilar (ko'rib idrok qiladilar) yoki o'qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin o'zlari mustaqil yozadilar. Izohli diktant o'quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga