«Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona». Biz uchun jamiyatda begona bola yo'q va bulmasligi kerak. Hammasi o'zimizning, O'zbekistonimizning bolalari. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Shavkat Mirziyeyev O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI MAVZUSIDAGI MALAKA ISHI TAQDIMOTI ANNOTATSIYA REJA: I KIRISH II ASOSIY QISM: 2.1. Boshlang'ich sinflar o'quvchilariga ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari 2.2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik tarbiya berish metodikasini i shakllantirish imkoniyatlari 2.3. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirish texnologiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Ilovalar KIRISH Mamlakatimizda jismoniy sog'lom, ma'naviy yetuk, har tomonlama uyg'un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko'lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo'lda safarbar etish maqsadida 2014 yil «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilini. Bu yilda amalga oshirilajak ishlardan eng muhimi insonlarning sog'ligi bolalarimizning sof toza havodan erkin bahramand bo'lishlari, mavjud ekologik muammolarni bartaraf etishdir. U esa juda kichik yoshidan boshlab bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalashni taqoza etadi. Shuning uchun ham, birinchi prezidentimiz I.Karimov ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat - degan edi. Barkamol inson shaxsi ma'naviy qiyofasidagi ekologik madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat bu holatlarning ildizi chuqur bo'lganligi sababli hozirgi kungacha ham asoratlari tugagan emas. Sanoat korxonalarining chiqindilari, turli ahlatlarning chiqarilayotganligi ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo'lmoqda. Muammoning o'rganilganlik darajasi: Tabiat muhofazasiga oid tarbiya g'oyalari O'rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutaffakkirlar Muhammad Muso al - Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amur Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Zahriddin Muhammad Bobur, asarlarida tabiat va jamiyat birligi, o'zaro aloqadorligi, tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini asrab avaylash, saqlash va ko'paytirish, tashqi muhitning tirik organizmlarga ta'siri kabi masalalar asoslab berilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlilidan malum bo'ldiki, so'ngi yillarda ekologik ta'lim va tarbiyaga oid muammolarni hal etish bo'yicha ko'pgina tatqiqot ishlari amalga oshirilgan:ekalogik ta'limning nazariy asoslari akademik I.D.Zvered,ekologik ta'limning biologik asoslari prof.A.N.Zaxlebning ekologik ta'limning pedagogik asoslari prof. I.T. Suravegina, oily o'quv urti talabalariga ekologik ta'lim berish prof. I. Ponomarevalar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lsa tabiiy o'quv fanlarini o'qitishda o'quvchilarga ekologik ta'lim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: ppt