O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKUL'TETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM METODIKASI KAFEDRASI SHAVKATJONOVA DILDORA SHAVKATJONOVNANING 511700 - boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Boshlang'ich sinf o'quvchilarini didaktik o'yinlar orqali mantiqiy fikrlashga o'rgatish metodikasi MAVZUSIDA YOZGAN B I T I R U V M A L A K A V I Y I S H I Ilmiy rahbar: p.f.d. R.D.Shodiyev Himoyaga tavsiya etildi Pedagogika fakulteti dekani: dots.Sh. O'. Nurullayeva ----2015 yil Qarshi - 2015 MUNDARIJA KIRISH…….3 1-BOB. BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QUVCHILARI TAFAKKURI RIVOJLANISHINING O'ZIGA XOSLIGI…….7 Tafakkur bilish jarayoni sifatida……7 Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar tafakkurining o'ziga xosligi11 O'quv-biluv faoliyatida mantiqiy fikrlashining rivojlantirilishi16 O'quv-biluv faoliyatida o'quvchilar mantiqiy fikrlashini Rivojlantirilishi……20 2-BOB. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI RIVOJLANISHIDA O'YINLARNING AHAMIYATI……23 2.1. O'yinlarining mohiyati va ularning turlari……23 2.2.Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'yinlarining mohiyati va ularning ko'rinishlari……26 2.3. Boshlang'ich sinf o'quvchilari rivojlanishida didaktik o'yinlarning ahamiyati……30 2.4. Mashg'ulotlargacha mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasini tashxislash……32 2.5. Mantiqiy tafakkurni rivojlanishiga yo'naltirilgan mashqlar tizimi 38 2.6. Mashg'ulotlar o'tkazilgandan keyin mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasini ashhislash……44 XULOSALAR……48 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati …….…50 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ta'lim jarayonidagi asosiy qiyinchiliklar o'quv faoliyatining shakllanmaganligi bo'lib, u yashirin psixologik qiyinchiliklarga tegishlidir. O'quvchi bu holatni sezadi, lekin u nima uchun shunday bo'layotganligini tushunmaydi va ifodalab bera olmaydi, shu sababli kattalarga yordam so'rab murojaat qila olmaydi. Bunday qiyinchiliklar mavhum bo'lib, ularning tabiati tushunarsiz dir. Bunday holatlarda ota-onalar va o'qituvchilar o'quvchiga yordam ko'rsatmasliklari achinarli holatdir, chunki ularning o'zlari ham o'quv faoliyati va uning tarkibiy tuzilmasining psixologik aspektlari bilan tanish emaslar. Bu nuqsonlarning yorqin belgilari - dangasalikda, qobiliyatning yo'qligida va boshqalarda nomoyon bo'ladi. O'quv faoliyatining shakllanmaganligi ayniqsa to'rtinchi-beshinchi sinflarda, ya'ni ta'lim murakkabroq darajaga ko'tarila boshlaganda va o'zlashtiriladigan materialning o'sishi bilan ko'zga tashlana boshlaydi. O'quvchi, bu holatda qandaydir noma'lum to'siqqa duch kelganday bo'ladi. Shu sababli boshlang'ich ta'limda o'quvchi yangi bilimlarni o'zlashtirishga ko'mak beruvchi o'ziga xos o'quv usullariga erishishi uchun, eng zarur shart-sharoitni yaratish, ya'ni o'quvchiga o'qishni o'rgatish lozim. Bu vaqtga kelib, darsliklarda o'quvchidan zarur umumlashtirishlarni amalga oshirishi, ya'ni ma'nosiga ko'ra guruhlarga ajrata olish shakllangan bo'lishi kerak. To'rtinchi sinfga kelib, ulardan erkin foydalana bilishi lozim. Barcha yangi-yangi talablar, yangi qoidalar, predmetlar harakatlarining yangi normalari obyektlarning shu paytgacha noma'lum bo'lgan qonuniyatlarini ochib beradi. Dunyo o'quvchi o'zlashtirishi kerak bo'lgan ilmiy bilimlar va tushunchalar tizimi bilan tartiblashtirilgan. O'quvchining tafakkuri ana shu yuqorida qayd etilganlarga hamda insonlar va buyumlar bilan o'zaro harakat tajribasiga yo'naltiriladi. Masalan, oy osmonda bola harakat qilgani uchun harakatlanadi degan mulohoza bolaning hayotiy tajribasi asosida, tafakkurning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.85 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.85 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: doc