O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI ABDURAVIYEV SHUXRAT OG'ANIYOZ O'G'LI 511200-Jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Boshlang'ich sinf o'quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida egiluvchanlik jismoniy sifatlarini rivojlantirish mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: o'q. Safarov A. Himoyaga tavsiya etildi Fakultet dekani: . 2015 yil MUNDARIJA KIRISH Prezidentimiz I.A.Karimov va hukumatimiz rahbarligida O'zbekistonda sog'lom avlodni kamol toptirish, ta'lim - tarbiya berishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, jamiyatning rivojlanishida muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vazifalardan biri bo'lib xizmat qilmoqda [1, 2, 3]. O'zbekistonning buyuk kelajagini ta'minlash maqsadida aholini tinchligi, yurt boyligi, ayniqsa iqtisodiyot, ijtimoiy madaniyat, ta'lim-tarbiya jarayonlarida tub islohatlar o'tkazilmoqda. Ularning samarali «Ta'lim to'g'risida», «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» (1997), «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida» gi Qonun (200 y., yangi tahriri) va Qarorlarda o'z ifodasini topgan [4, 5]. Mavzuning dolzarbligi. Maktab davri barcha harakat sifatlarini rivojlantirish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Biroq muayyan yosh davrlarida harakat qobiliyatlarining tabiiy taraqqiy etish sur'atlari bir xil emas: bola organizmining jismoniy yuklamaga nisbatan javob reaksiyasi o'sish va rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha bo'ladi. Jismoniy yuklama sezuvchan yoki sensitiv deb ataluvchi muayyan davrlarda ko'proq hamda uzoq muddat saqlanib turuvchi samara beradi. Shu davrlarda muhitning tanlab yo'naltirilgan ta'sirotlariga organizmning moyilligi ortadi [7]. Harakat sifatlarining rivojlanishida egiluvchanlik alohida o'rin tutib, uning yuqori darajada taraqqiy etishi bir qator murakkab va mas'ul kasblarni egallashda, shuningdek, ko'pgina sport turlarida yuqori natijalarga erishishda katta ahamiyatga ega. Ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma'lumotlar hamda sport amaliyotining ko'rsatishicha, katta yoshda egiluvchanlikni rivojlantirish - murakkab va kamsamarali jarayon, kichik maktab yoshi esa buning uchun qulay sharoit yaratadi [8]. Kichik maktab yoshi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiluvchi maqsadga yo'naltirilgan ta'sirotlar uchun eng qulay davr hisoblanadi. Basharti, aksar ko'pchilik sport turlarida ixtisoslashuvning boshlanishi kichik maktab davri bilan bir vaqtga to'g'ri kelishini nazarda tutsak, yuqoridagi holat alohida ahamiyat talab etadi. Shu sababli, bu muammoning yechilishi o'quv jarayonini takomillashtirishda nihoyatda dolzarb sanaladi. Ishning maqsadi - Boshlang'ich sinf o'quvchilarining egiluvchanlik sifatini rivojlantirishda ilg'or uslublarni o'rganish va tahlil qilish. Ishning vazifalari: jismoniy tarbiya darslarini o'qitish jarayonida kichik sinf o'quvchilarining egiluvchanligini rivojlantirish darajalarini adabiyotlar tahlili asosida aniqlash va xususiyatlarini namoyon qilish; boshlang'ich sinf jismoniy tarbiya darslari sharoitida boshlang'ich sinf o'quvchilarining egiluvchanligini rivojlantirish uchun ilg'or uslublardan maqsadga yo'naltirib foydalanishni o'rganish; boshlang'ich sinf jismoniy tarbiya darslari sharoitida egiluvchanlikni rivojlantirishdagi ilg'or uslublardan maqsadga yo'naltirib foydalanishni tajribaviy asoslash. Ishning obyekti: Qarshi shahridagi 23-o'rta maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari. Ishning ilmiy yangiligi: Ishda boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
86.71 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
86.71 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: doc