Bоshlang'ich sinf o'quvchilarini milliy ruhda tabiyalashda adabiy materiallardan fоydalanish Jurayeva Ziyodaxоn Madaminjоnоvna MUNDARIJA KIRISH I BOB. Shaxs kamolotida milliy tarbiyaning o'rni 1.1§ Milliy axloqiy hamda milliy g'oyaviy tarbiyaning o'ziga xosligi 1.2§ Glaballashuv jarayonida yosh avlodga milliy g'oyaviy tarbiyani singdirish usul-vositalari I-bob yuzasidan qisqa xulosalar II BOB. Boshlang'ich sinf O'qish darslaridagi adabiy asarlar orqali o'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash 2.1§ «O'qish darslaridagi adabiy asarlar orqali vatanparvarlik tarbiyasini singdirish 2.2§ Sinfdan tashqari o'qish jarayonida o'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash usullari II-bob yuzasidan qisqa xulosalar Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Taraqqiyotning haqiqiy darajasi mamlakatda tarbiyalanayotgan insonlar qiyofasi bilan belgilanadi. Ajdodlarimizning moziyga muhrlangan faoliyat sarhadlarida bunga aniq dalillar bisyor. Soqibqiron Temur bobomizni, Navoiy, Bobur hazratlarini olaylik. Ularning kamoli uchun davrning shiddatli bo'ronlari ham to'siq bo'la olmagan. 5 yoshli Alisherning biyron she'r mutolaa qilishlari, Bobur mirzoning o'tli g'azallari, dunyoni lol qoldirgan adolatpesha Temurning 7 yoshidanoq jang sirlarini o'rganishi, ovchilik, merganlik usullarini egallab olishi haqida juda ko'p manbalarda hikoya qilinadi. Biz ana shunday fikri teran, ihtidori butun, zukko va donishmand ajdodlarning vorislarimiz. Ularning tarixda qoldirgan izlari asrlar osha sayqallanib, biz uchun ibrat maktabi bo'lib yashayveradi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq sog'lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish muhim va ustivor vazifaga aylandi. Rivojlanayotgan jamiyatimizning o'z oldiga qo'ygan oliyjanob maqsadi kelajagi buyuk davlatni barpo etish vazifasi shuni taqozo etadi. Jismonan sog'lom, bilimli, ma'naviy barkamol, yetuk insonni tarbiyalash mavzusi sharq allomalari tomonidan chuqur o'rganilgan. Arastu, Ibn Sino, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi ulug' allomalarning asarlari va nazariy ta'limotlarida ham yosh vujudni kamol toptirish, tarbiyalashga katta ahamiyat qaratilganligi bejiz emas. Azaldan zukko ajdodlarimiz o'z milliyligini, ma'naviy boyligini saqlabgina qolmasdan, ezgulik, ilmu ma'rifat, mustaqillik singari ezgu g'oyalar sari intilganlar. Millatimizga xos ana shunday intilish, millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi fazilatlar, shuningdek, buyuk mutafakkirlar hamda ma'rifatchilar xatti-harakatlari tufayli xalqimiz har qanday sharoitlarda ham barkamol, ma'nan yetuk farzandlar tarbiyalash vazifasini yoddan chiqarmagan. BMIning dolzarbligi shundaki, maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashda adabiy materiallardan unumli foydalanish, bu jarayonni o'qish darslarida sinfda va sinfdan tashqari vaqtda olib borish yaxshi natija beradi. Chunki, o'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash ularni vatanparvar qilib shakllanishiga yordam beradi, chunki vatanni chin dildan sevish har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir. BMI ning maqsadi esa boshlang'ich sinf o'qish darslarida berilgan adabiy materiallardagi milliy tarbiyaga xos jihatlarni bayon etish. BMI ning vazifalari milliy ruhda tarbiyalash haqida ma'lumot berish; boshlang'ich sinf o'qish darslarini mavzu doirasida tahlil qilish milliy ruhda tarbiyalashni milliy g'oya tamoyillari sifatida yoritish; mavzuga daxldor jihatlar haqida ma'lumot berish usullarini aniqlashdir. BMI ning o'rganish ob'ekti- ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
115.66 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
115.66 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: ppt