O'zbekiston RespublikaSI OLIY TA'LIM VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. (o'qish darslari misolida) BITIRUV MALAKAVIY ISHI Bajardi: Boshlang'ich sinf va sport tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishi bitiruvchisi 4 kurs talabasi Xidirova M Ilmiy rahbar: Umumiy pedagogika kafedrasi o'qituvchisi X.A.Norpo'latova TERMIZ - 2013 REJA: KIRISH 1-BOB. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari. 1.1. Pedagogik texnologiyalarning mazmuni va mohiyati. 1.2. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va metodologik asoslari. 2-BOB. O'qish darslarini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish metodikasi. 2.1. O'qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning shakllari. 2.2. Boshlang'ich sinf o'qish darslari jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari. Umumiy xulosa va tavsiyalar. Foydalanilgan adabiyotlar. Ilovalar. Kirish Mavzuning dolzarbligi: O'zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o'zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta'lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o'z ta'sirini ko'rsatayotganligi barchamizga ma'lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o'z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo'lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta'lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an'anaviy o'qitish usullaridan ko'ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnolog'oyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta'minlash rivojlanib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Barkamol avlodni tarbiyalash - Ta'lim to'g'risdagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dastirida Respublika ta'lim xodimlari zimmasiga o'ta mas'uliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qishiga yangicha yondashish, o'qituvchilarni o'z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o'ta mas'uliyatli munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topa olish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
100.39 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
100.39 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:52 ]
Arxiv ichida: doc