Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yechilgan masalalar ustida ishlashga o'rgatish

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yechilgan masalalar ustida ishlashga o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yechilgan masalalar ustida ishlashga o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yechilgan masalalar ustida ishlashga o'rgatish Reja : KIRISH MASALA TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK, METODIK TALQINI Pedagogika, psixologiya, metodikaga oid adabiyotlarda masala tushunchasining yoritilish Boshlang'ich sinflarda matnli masala ustida ishlashning umumiy masalalari Tarkibli masalalar ustida ishlash bosqichlari BOSHLANG'ICH SINFLARDA YECHILGAN MASALA USTIDA ISHLASH USULLARI Yechilgan masalani tekshirish usullar Berilgan masalaga teskari masala tuzish va uni yechish O'quvchilarni yechilgan masala ustida ishlashga o'rgatish yuzasidan usuliy tavsiyalar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVALAR Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimdon qilib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo'nalisharidan biridir. 2012 yilning 16-17 fevral kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tgan, Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va madernizatsiya qilishning muhim sharti mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, oliy ta'lim dargohlari hayoti bilan tanishish jarayonida bu fikrning hayotiyligi, umuman, O'zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat berilayotganiga shohid bo'lishdi. Bu konferensiyaga muhtaram Prezidentimiz Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy yettirish va madernizatsiya qilishning muhim sharti mavzusida ma'ruza qilib, … Iqtisodiyotni izchil va barqaror taraqqiy yettirishning eng muhim sharti bo'lgan ta'lim tizimini isloh etish masalalari insoniyatning buyuk mutafakkirlarini doimo o'ylantirib kelgan vazifa - har tomonlama uyg'un rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishning ko'p qirrali va keng qamrovli muammolarining barcha jihatlarini hech bir darajada to'liq qamrab olishi mumkin emasligini biz albatta yaxshi tushunamiz deb ta'lim tizimining ustuvorligini ko'rsatib berdilar. Muammoning o'rganilganlik darajasi. O'quv topshiriqlarining bir ko'rinishi masala - o'quvchi o'quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi bir vositadir. Psixologiya tadqiqotlarida o'quvchi o'quv-biluv faoliyatini faollashtirish muammosi juda ko'plab olimlarning ishlarida o'z ifodasini topgan. Masalani tekshirishning usullari metodik adabiyotlarga keltrilgan, ammo boshlang'ich sinf o'quvchilari o'quv-biluv faoliyatini faollashtirishga yo'nalgan yechilgan masala ustida ishlash usullari atroflicha o'rganilmagan. Tadqiqot ishini bajarishdan maqsad: boshlang'ich sinf o'quvchilarini yechilgan masala ustida ishlashga o'rgatish orqali ularning o'quv faoliyatini faollashtirish va bu borada usuliy tavsiyalar tayyorlash. Tadqiqot ishini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi Matnli masala tushunchasining pedagogik, psixologik, metodik talqinini yoritish Tarkibli masalalar ustida ishlash bosqichlarini umumiy jihatdan asoslash Boshlang'ich sinflarda yechilgan masala ustida ishlash usullarini asoslash Tadqiqot mavzusi yuzasidan usuliy tavsiyalar tayyorlash va tajribada sinash Tadqiqot obyekti: Boshlang'ich sinflarda matematika ta'limi jarayoni. Tadqiqot predmeti: Boshlang'ich sinflarda matematika darslarida masala, uning ustida ishlash usul, vositalari. Bitiruv-malakaviy ishni yozishda quyidagi faraz ilgari surildi: Agar o'quvchi matnli masala ustida ishlash bo'yicha, yetarli bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'lsa, u holda o'quvchining o'quv-biluv faoliyati faollashadi, mantiqiy tafakkuri o'sadi, fanga qiziqishi ortadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Boshlang'ich sinflarda yechilgan masala ustida ishlash usullari nazariy va metodik jihatdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 144.79 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 144.79 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga