Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish va rivojlantirish Reja: Tabiatshunoslik tushunchalari haqidagi ma'lumot. Tasavvur nima va uning tushunchalardan farqi. Tushunchalar, ularning turlari. Yakka tartibdagi tabiatshunoslik tushunchalari Tabiatshunoslik tushunchalarining shakllantirishi va rivojlantirish yo'llari. Tushunchalarni rivojlantirishda o'quvchilarning amaliy faoliyatlarini tashkil etish. Tayanch tushunchalar: tabiatshunoslik tasavvurlari; tabiatshunoslik tushunchalari; tasavvurning tushunchadan farqi; tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo'lishining boshlang'ich davri; tushunchalarning turlari; yakka tartibdagi va umumiy tushunchalar; tahlil-sintezlash-tafakkur operatsiyasi; tushunchalarning rivojlanishida metodik sharoitlar; tushunchalarni amaliyot bilan bog'lanishi. Tabiatga doir bilimlarni o'rganishda tafakkur asosiy o'rinda turadi. Atrofimizdagi borliqni bilishning 2 turi farqlanadi. Sezish orqali va mantiqiy bilish. Tabiatshunoslik dasturining maqsadi o'quvchilarning tevarak-atrofdagi borliqni kuzatishlari asosida ular haqida to'g'ri tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan iborat. Olingan tasavvurlar asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o'rnatishlari lozim. Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik, fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalarning o'zlashtirishini ko'zda tutadi. ta'lim jarayonida eng muhim tabiatshunoslik tushunchalarini ajratib etkazilishi talab etiladi. Tabiatshunoslik tushunchalari - umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan jismlar, hodisalar, jaryonlarning butun guruhi to'g'risidagi umumlashgan bilimlardir. Xususan o'simliklar tushunchasiga barcha o'simliklar uchun umumiy bo'lgan, muhim belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil mavjudotlar kiradi. Ularning barchasi o'sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko'payadi va u tirik organzm hisoblanadi. Tushunchalar tasavvurlardan farqlanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari tashqi jism va hodisalarni sezgi a'zolari vositasida ilg'aydilar, ayrim sifat belgilarini bilib oladilar. Xususan, bola jismning shakli va hajmini sezish orqali bilib oladi, yani uning ongida aks etadi. Masalan, meva, tarvuz yoki qushni ko'rishi bilan ularning tasviri bola ongida aks etadi. Meva va sabzavotlarning shakli, rangi, mazasini aniqlagach bolada yaxlit tushuncha hosil bo'ladi, bu esa idrokni boshlanishi bilan belgilanadi. Bu tasvirlar xotirada ushlanaib qoladi. Olamni idrok etish jonli mushohada, psixologik tomondan his etish va qabul qilinishni ta'minlaydi, ular borliq qiyofasini miyaga etkazadi. Tabiat sirlariga chuqur kirib borish uchun olingan axborotga ishlov berish, uni qayta ishlash kerak. Tasavvur sezgi organlari faoliyatining, xotiraning mahsuli bo'lsa, tushunchalar esa tafakkur mahsulidir. Ular o'rtasida ijodiy bog'lanish mavjud. Bu bog'lanish o'y-xayol va tafakkurni yagona fikrlash faoliyati deb hisoblashga imkon beradi. Ular orasida ham farqlar bor: o'y-xayol - bu ilgari qabul qilinganlar orasida yangi qiyofalarni vujudga keltirishdir, tafakkur esa - o'rab olgan olamni umumlashgan holda idrok qilish jarayonidir, yani tushunchalardir. Bu fikrlar nisbiy bo'lib, har qanday xayoliy fikr ham real borliqni aks ettiradi. Masalan, gulni, qushni, kompasni tasavvur qilish uchun ularga bir qarab qo'yish kifoya. Ular to'g'risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq va keng ma'lumotlar va ularni tizimlashtirish bo'yicha fikrlash kerak bo'ladi. Tasavvurlar ayrim jismlarning qiyofasi bo'lsa, tushunchalar esa biror sinfiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga