Boshlang'ich sinfda matematikadan fakultativ mashg'ulotlar

Boshlang'ich sinfda matematikadan fakultativ mashg'ulotlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinfda matematikadan fakultativ mashg'ulotlar - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinfda matеmatikadan fakultativ mashg'ulotlar REJA: 1. Fakultativ mashg'ulotlar haqida ma'lumot. 2. O'quvchilar ishlarini natijalari va ularni tekshirish 3. 4-sinfda fakultativ mashg'ulotlarini tashkil etish Fakultativ mashg'ulotlar boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o'quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo'ladi. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilariga to'la-to'kis bilim berishda har bir o'quvchining shaxeiy xususiyatlarini o'rganishda o'quvchining qobiliyati namoyon bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarni birinchi navbatda, matematika darslarida tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Shu o'rinda o'qituvchi birinchi bosqichda o'quvchilar orasidan matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi. Darslikdagi o'quv materiallarni takrorlamaydigan, lekin uni mustahkamlashga xizmat qiladigan murakkab ko'rinishdagi o'quv materiallar o'rganiladi. Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlar didaktik o'yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o'tkazishga yordam beradi. Ilmiy texnik taraqqiyot matematikaga bog'langanligi sababli asta- sekin murakkabroq masalalar yechimini o'rganishga imkoniyat beradi. Masalan, EHMda, mikrokalkulyatorda hisoblashlar o'rgani­ladi. Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarda o'quvchi­larning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Fakultativ mashg'ulotlarni boshlang'ich sinflarda turli xil tarzda olib borish mumkin, ayniqsa, II-IV sinflarda qiziqarli, ya'ni: o'quvchilarning matematikaga bo'Igan qiziqishini hartomonlama hi­sobga olgan holda olib borish Iozim. Fakultativ mashg'ulotlar I sinfda o'qituvchi o'quvchilarni qiziqishi va o'zlashtirishiga qarab fanlar aro aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi. IV sinflarda 34 soat o'tiladi. 1sinfda choraklar bo'yicha olib borish mumkin. Masalan, 1 chorakda matematika, 2 chorakda ona tili va hokazo. 2sinfda yarim yillik bo'yicha olib boriladi. Masalan, 1 yarim yillikda matematika, 2 yarim yillikda ona tili va hokazo. 3sinf esa yoppasiga faqat matematikaga bag'ishlanadi. IV sinflarda ko'pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun fakultativ mashg'ulotlarda masalalar ustida ishlash uchun 10 soat ajratiladi. Boshlang'ich sinflarda matematika fanidan fakultativ mash­g'ulotlar taxminiy rejasini keltiramiz. Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg'ulotlarda darslik materiallarini takrorlamaydigan materiallar o'rganilib, lekin e'tibor boshlang'ich sinf o'quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o'rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg'ulotlarda tavsiya etiladi. Masalan, 1-mashg'ulotda Abu Rayhon Beruniy; 2-mashg'ulotda Ibn Sino, keyingisida Al-Xorazmiy, Ulug'bek kabi mutafakkirlar merosidan boshlang'ich sinfga xos tomonlari o'rganiladi. 1 -mashg'ulot. Abu Ali ibn Sino haqida ma'lumot. mashg'ulot. Abu Ali ibn Sinoning ,,Al-hisob nomli asari. Ibn Sinoning Ash-shifo nomli asari bo'limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetika), handasa (geometriya) va aljabr (algebra) faniga bag'ish­langan. Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo'lib, to'rt bo'limdan iborat. Birinchi bo'limda turli ketma-ketlik sonlar xossalari bayon etilgan. Ikkinchi bo'limda sonlar tengligini tengsizligi bilan solishtirish amallari ko'rsatiladi. Uchinchi bo'limda arifmetikaning geometriya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.8 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.8 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga