Boshlang'ich sinfda modulli o'qitish texnologiyasi Reja: Modulli ta'lim tizimining nazariy asoslari. Modulli ta'lim prinsiplari. Modulli ta'limda o'qituvchining yangi funksiyaari. Modulli ta'limning boshqa ta'lim tizimlaridan farqi. Modul tarkibi. Modulli o'qish. 1-sinf o'qish darsining algoritmi. Modulni ishlash metodikasi. Asosiy tushunchalar: pedagogik tizim, modul, modulli ta'lim, modulli ta'lim prinsiplari. modulli o'qish, algoritm. Ta'lim-tarbiya muaamolari tizimli yondashuvni talab qiladigan masalalardan biridir. Ta'lim va tarbiya - ijtimoiy tajribalarni o'qituvchi rahbarligida o'zlashtirishga qaratilgan maqsadli ta'sirdir. Ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik tizim faoliyati vositasida insonning rivojlanishi boshqariladi. Pedagogik tizimning maqsadlari: insonlarda o'z-o'zini boshqarish qobiliyatini (mustaqil bilim olish, o'z-o'zini tarbiyalash) shakllantirish asosida ularni boshqarish obyektidan boshqarish subyektiga aylantirish. O'qituvchi va o'quvchining faolligi uning boshqarish subyekti sifatida ozmi, ko'pmi o'z faoliyati va xulqini boshqarishida, shuningdek, boshqalar xulqiga ham ta'sir ko'rsatishida ko'rinadi. Hozirgi davr o'quv-tarbiyaviy jarayonini boshqarish vazifalaridan biri o'qish-o'qitish mehnati jarayonini qulay intensifikatsiyalashdir. Uning tarkibiy qismiga quyidagilar kiradi: Ta'limning maqsadga qaratilganligini rivojlantirish, uning motivatsiyasini kuchaytirish, ta'lim mazmunining axborot hajmini, ta'limning ilg'or shakl va metodlarini qo'llash, ta'lim tempini faollashtirish, ta'lim mehnatining refleks ko'nikmalarini rivojlantirish, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Ta'limni qulaylashtirish usullariga quyidagilar kiradi: vazifalarni yaxlit rejalashtirish, o'quvchilar xususiyatlarini hisobga olib uni oydinlashtirish, o'quv materialiga o'quvchilar e'tiborini tortish yo'llarini izlash, dars etaplarini optimal ketma-ketligini tanlash, ta'limning metod, shakl va vositalarini asosli tanlash, differensial yondashuv, sinf va uy vazifalarining hajmi va murakkabligining qulayligi, o'quv-tarbiyaviy jarayon natijasining yaxlit tahlili. Zamonaviy pedagogik yondashuv ta'lim jarayonining diqqat markazida o'quvchining o'quv-biluv faoliyatini qo'yish, ta'lim jarayonini taxminiy loyihalash, diagnostikligi, maqsadning aniqligi va natijaning obyektiv nazorati (o'z-o'zini nazorat), ta'lim jarayonining yaxlitligi kabilarga qaratilgandir. O'quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko'rsatkichi uni o'quv-biluv faoliyatini o'zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o'quvchi ongining predmatiga aylanishidir. Bu maqsadni mustaqil qo'ya bilish, faoliyat usullarini tanlay bilish, o'z ta'sirlari va munosabatlari doirasida boshqalar bilan kelisha bilish va koordinatsiyalash, o'z-o'zini nazorat qila bilishlarda ko'rinadi. Bunday faoliyat ta'limning modulli texnologiyasi orqali samarali amalga oshirilishi mumkin. Darsda modulli texnologiyani amalga oshirish va loyihalash xususiyatlari. Ta'lim jarayonida alohida modullar asosida o'quv faoliyatini tashkil etilishi o'quvchining ta'lim faoliyatining subyekti sifatida mustaqil, rejali bilim o'zlashtirishi va o'z-o'zini rivojlantirishida katta imkoniyatlar yaratadi. Modulli texnololgiyani amaliyotga qo'llash o'qituvchidan modulli ta'lim prinsiplarini yaxshi bilishni talab etadi: Modullilikning 1-prinsipi ta'limning konstruktivligi : a. o'quv materialini shunday konstruktsiyalash lozimki, o'quvchi oldiga qo'yilgan har bir maqsadga erishish ta'minlangan bo'lsin; b.o'quv materialini tugallangan bloklarda tasavvur qilish; v.Ta'limning har xil shakl va turlari integrallashsin; 2-prinsip maqsadlarning aniqligi: ta'lim mazmunidan asosiy elementlarni ajratish ta'lim mazmuni tarkibini aniqlash asosida kursga, sinfga tegishli har xil darajali - yaxlit, integrallashgan, xususiy didaktik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.6 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.6 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:53 ]
Arxiv ichida: doc