Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallarini o'rganish va hisoblash ko'nikmalarni tarkib toptirish metodikasi

Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallarini o'rganish va hisoblash ko'nikmalarni tarkib toptirish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallarini o'rganish va hisoblash ko'nikmalarni tarkib toptirish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

boshlang'ich sinflarda arifmetik amallarini o'rganish va hisoblash ko'nikmalarni tarkib toptirish metodikasi Reja: 1. Tayyopgarlik boskchi. 1 ko'rinishidagi qo'shish va ayirish xolari. 2. 2, 3, 4 ko'rinishidagi qo'shish va ayirish xollari. 3. + 5, + 6, + 7, + 8, + 9 ko'rinishidagi qo'shish xollari. 4. - 2, - 2, - 2, - 2, - 2 ko'rinishidagi ayirish xollari uchun hisoblash usullari bilan tanishtirish. Tayanch iboralar: hisoblash, qo'shish, ayirish, sonlarni tarkibi, sonni qismlari, yig'indi, kushiluvchi, ayirma, kamayuvchi, ayiruvchi, urin, almashtirish qonuni, qo'shish amalini xadlari va natijalari orasidagi munosabat, sonni buklab qo'shish. boshlang'ich sinf o'quvchilarida og'zaki yozma hisoblash ko'nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturini yo'nalishlaridan biri. Arifmetik amallarni o'rganishda oldin bolalar ongiga uning manosini mazmuninietkazish kerak. Bu ish predmetlarini har xil to'plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o'tkaziladi. o'quvchilvrning qo'shish va ayirish amallarini manosi bilan tanishtirish ikki to'plam elementlarini birlashtirishga oid berilgan to'plamdan uning qismlarini ajiratish kabi amaliy aperatsiyalar asosida olib boriladi. ko'paytirish amalini o'rganishda bir nechta teng sonli to'plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanadi.ko'paytirish uning komponentalari bilan natijasi orasidagi bog'lanishlarni o'rganish o'z navbatida bo'lish amalini o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. har xil (og'zaki va yozma ) hisoblash usullarining ongli uzlashtirilishi uchun dastur arximetik amallarning bazi muxum xossalari va ulardan kelib chikadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Masalan I sinfda 10 ichida qo'shish va ayrishni o'rganishda bolalar qo'shishning urin almashtirish xossasi bilan tanishadilar. 100 ichida qo'shish va ayrishni o'rganishda soni yig'indiga qo'shish va yig'indini songa qo'shish, ayirmaning asosiy xossasidan chikadigan natijalar bulmish yig'indidan sonni ayirish va yig'indini sondan ayirish bilan tanishadilar. Urganilgan xossa va qoidalar hisoblashlarni soddalashtirish imkonini beradi. Masalan: kushiluvchilar urinlarini almashtirish usuli, 3+6, 2+8 ni hisoblashlarini engillashtiradi. Dastur arifmetik amallarni xossalarini o'rganishdan tashqari bolalarni arifmetik amallar orasidagi mavjud bog'lanishlar va amal xadlari va uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu bilimlarning xammasidan hisoblashlarda va amallar to'g'ri bajarilganini tekshirishda foydalaniladi. Masalan: ko'paytirish amalini komponentalari bilan natijasi orasidagi bog'lanishlarni bilganlikka tayanib, xar bir ko'paytirish xoli asosida bo'lishning tegishli xollarining hosil kiladilar: agar 6*4=24 bulsa, u holda 24:6=4, 24:4=6. Arifmetik amallarni o'rganishdagi navbatdagi masalalar og'zaki va yozma hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida o'quvchilarda hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish bilan bog'liqdir. og'zaki hisoblashning asosiy ko'nikmalari I va II sinflarda shakllanadi. II, II sinfda yozma hisoblashlar ustida ish boshlanadi. Shu bilan birga yozma hisoblashlarda og'zaki hisoblash ko'nikmalari takomillasha boradi, chunki og'zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy element sifatida kiradi. og'zaki hisoblash ko'nikmalariga ega bo'lish yozma hisoblashlarni kuprok, muvoffakiyatli bajarishni ta'minlaydi.og'zaki hisoblash usullari xam yozma hisoblash usullari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga