Boshlang'ich sinflarda badiiy asar bilan ishlash va tahlil qilish Xalq og'zaki ijodidagi eng qiziqarli va rang-barang janr ertakdir. Ertakni nafaqat bolalar balki kattalar ham sevib eshitadilar. Demak, ertak mazmunan boy, betakror va ta'sirchan janr hisoblanadi. Ertakning muhim xusuyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixiy-ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog'lanishi, insonlarga axloqiy va ma'naviy yo'ldosh bo'lib kelishidadir. Ertaklar insonning ma'naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug'orilgan bo'lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o'ziga dushman kuchlarga qarshi kurashda doimo g'olib chiqadi. Ertaklar sodda va tushunarli bo'lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Xalq ertaklarida el-yurtni ko'z qorachig'iday avaylab saqlovchi ajoyib qahramonlar ulug'lanadi, to'g'rilik egrilik ustidan, yaxshilik yomonlik ustidan doimo g'alaba qozonadi. Ertakning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u kichik maktab yoshidagi bolalarni tabiatni sevishga, jonivorlarni asrash, avaylashga da'vat etadi. Kichkintoylar kuchuk, mushuk, hatto sichqonchani ham boqish, asrab-avaylash lozim ekanligini chuqurroq his qiladilar. Xullas, «Alifbe» darsligida berilgan ertaklar orqali o'quvchilarning - dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirishga; - ularning tabiatga muhabbatlarini oshirishga; - axloqiy va ma'naviy jihatdan tarbiyalashga; - yaxshilik yomonlik ustidan, to'g'rilik egrilik ustidan doimo g'alaba qozonishga; - ilmga qiziqtirishga; - tovush va harflarni oson o'zlashtirishlariga; - so'z ma'nolarini bilib olishlariga muvaffaq bo'lamiz. Bu esa o'quvchilarni bilimdon, zukko, to'g'riso'z va vatanparvar bo'lib yetishishlarida eng yaxshi samaradir. Savod o'rgatishda pedagogik asoslarning roli Respublikamizda ta'lim sohasida mustaqillik yillarida muhim islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar hozirgi kunda o'zining samarali natijalarini ko'rsatmoqda. Yoshlarimiz orasida dunyo miqyosidagi tanlovlar, olimpiada va musobaqalarda faxrli o'rinlarni egallayotgan iqtidorli yoshlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu g'alabalarning barchasiga albatta, inson kamolotining poydevorini yaratuvchilar sababchidirlar. Oilada birgina farzand tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan ota-onalar ba'zida o'z farzandining qiliqlaridan bezor bo'ladi. Ular farzandini «bog'chaga berib, ancha qulog'im tinchib qoldi» deydilar. Maktabga borgandan keyin esa ular endi «farzandim maktabga borib, ancha bosilib qoldi» deydilar. Buning boisi nimada? Bolaning maktabga borib ancha bosilib qolishi sinf o'qituvchisining savod o'rgatishining pedagogik asosini yaxshi bilishi va unga suyanishidir. Maktabga kelgan bolada savod o'rgatishning tayyorgarlik davrida maktabga kelib-ketish odobi maktabning ichki tartib qoidalari kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish qoidalari o'rgatiladi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarni bir-biriga taqqoslashi yoki eng intizomli, odobli, tartibli o'quvchini namuna, ibrat qilib ko'rsatishi eng yaxshi usullardan. Chunki har qanday yosh bola yaxshi so'zning, ayniqsa maqtovning rag'batning yoki arzimagan bo'lsa ham biror narsaning gadosi bo'ladi. Savod o'rgatishning asosiy (Alifbo) davrida o'qituvchi «Alifbo» darsligidagi har bir so'zning ma'nolarini tushuntiradi, har bir rasmning nima ekanligi, uning ijobiy xususiyatlari va o'quvchilarning unga nisbatan munosabatlari qanday bo'lishini o'quvchilarga ijodkorlik ruhida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
232.28 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:53
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
232.28 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:53 ]
Arxiv ichida: ppt