Boshlang'ich sinflarda diktant va uning turlari

Boshlang'ich sinflarda diktant va uning turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinflarda diktant va uning turlari - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. O'quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati. 2. Diktant yozishga tayyorlash. 3. Diktant va uning turlari. 4. Xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash. Diktant- eshitib yozishdir. O'qituvchi butun matn, gap yoki so'zni diktovka qiladi, o'quvchilar yozadilar. Diktant ko'chirib yozishdan eshituv o'quvi orqali qabo'l qilinishi bilan farq qiladi. O'zbek tili orfografiyasi qoidalari faqat fonetik prinsip asosidagina emas, balki juda ko'hp so'zlar morfologik prinsip asosida ham yozilishi sababli faqat diktant orqali o'quvchilarni savodxon qilish mumkin emas. Uslubchilar o'zlarining diqqat e'tiborlarini diktantni orfografik mashqlarning foydali turiga aylantirishga qaratib, uning juda ko'p turlarini ishlab berdilar. Yuqorida ta'kidlaganimizdek diktantning turi ko'p bo'lib, ayrimlari haqida to'xtalib o'tamiz : Ta'kidiy diktant - Bu diktant o'quvchilar yo'l qo'uyishi mumkin bo'lgan xatolarni oldini olish maqsadida o'tkaziladi. Buning uchun tanlangan matn grammatik - orfografik tomonidan tahlil qilinadi, o'rganilgan qoidalar eslatiladi, ayrim so'zlarning yozilishi ta'kidlanadi, so'ngra matn aytib turib yoziladi. Ta'kidiy diktantning samaraliligi o'quvchilarning aktivligiga bog'lik, o'quvchilarni aktivlashtirish uchun matn tahlil qilinayotganda ularning ayrim so'zlarining yozilishini o'qituvchidan so'rashga, o'rganilgan qoidaga mos so'zni o'zlari tanlab, uni tahlil qilishga ayrim so'zlarni lug'atdan topib imlosini tekshirishga o'rgatish zarur. Ko'rsatuv diktanti- diktantning bu turi ta'kidiy diktantning bir turi bo'lib, unda ko'ruv o'quvi ham faol qatnashadi. Boshlang'ich sinflarda ko'prok ko'rsatuv diktanti qo'l keladi. Bunda o'qituvchi o'tilgan mavzuga mos bo'lgan matnni darslikdan tanlaydi, yoki yozib qo'yadi. Matn o'quvchilarga o'qib beriladi, zarur qoidalar eslatiladi, u yoki bu so'zning to'g'ri yozilishi ta'kidlanadi, matn og'zaki tahlil qilinadi. So'ngra doskaga yozilgan matn parda yoki qog'oz bilan berkitiladi. Matnni diktovka bilan yozdirilgach, parda ochiladi. O'quvchilar o'z ishlarini doskadagi matnga qarab tekshiradilar, xatolarni to'g'rilaydilar. So'ngra daftarlar tekshirish uchun yig'ib olinadi. Saylanma diktant - Saylanma diktant ham ta'kidiy diktant kabi o'tkaziladi. Buning ta'kidiy diktantdan farqi shundan iboratki, tanlangan matn tahlil qilinib, o'rganilgan qoidalar takrorlab eslatilgach, o'qituvchi diktovka qilgan gapdan o'quvchilar o'rgangan qoidalarga mos bo'lgan so'z yoki so'z birikmasinigina tanlab olib yozadilar. Masalan, Saylanma diktant qaratqich kelishigidagi otning gapda boshqa otga bog'lanishini mustahkamlash maqsadida o'tkazilsa, maktabimizning shuxrati butun yoyilgan gapi diktovka kilingach, o'quvchilar qoidaga mos maktabimizning shuxrati so'z birikmasinigina yozadilar va xokazo. Saylanma diktantda vaqt tejaladi, kerakli so'z yoki so'z birikmalarigina yoziladi. Matnga o'rganilgan mavzuni puxtalashga o'quvchilarning faol munosabati talab etiladi. Eslatish diktanti - bu diktantni o'tkazishda avval zarur imlo qoidalari takrorlab, eslatiladi, so'ngra tanlangan matn diktovka bilan yozdiriladi va tahlil qilinadi. Diktant darsning o'zida tekshiriladi. Ayrim vaqtda tekstning bir qismi yozib bo'lingach, shu qism tahlil qilinishi va tekshirilishi ham mumkin. Eslatish diktanti o'quvchilarni kontrol diktant yozishga tayyorlaydi. Tayyorlov diktanti - bu diktantdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.22 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.22 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga