Boshlang'ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo'llari

Boshlang'ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo'llari

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM METODIKASI KAFEDRASI 511700 - Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi IV kurs 402-guruh talabasi Rajabova Gulnoza Ashurovnaning bakalavr darajasini olish uchun yozilgan Boshlang'ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo'llari mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Himoyaga tavsiya etilsin Pedagogika fakulteti dekani: dots. Sh. Nurullayeva 2015 y. Ilmiy rahbar: X.Boqiyev QARSHI-2015 M U N D A R I J A Kirish 3 I BOB. Boshlang'ich sinflarda masalalar yechishda induksiya, deduksiya va analogiya usullarining nazariy ahamiyati9 I.1. Induksiya, deduksiya va anologiya usullari haqida umumiy tushunchalar… 9 I.2. O'quvchi matematikadan o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar…….……15 II BOB. Induksiya, deduksiya va analogiya usullarining boshlang'ich ta'lim amaliyotiga tatbiqi25 II.1.Masalalarning o'quvchilar bilim olishidagi ahamiyati 25 II.2. Boshlang'ich sinflarda misol va malalar yechishda Induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo'llari 29 II.3. Tajriba-sinov ishlari va tahlili 59 Xulosa 62 Foydalanilgan adabitotlar ro'yxati 64 K I R I S H Mavzuning dolzarbligi va ilmiyligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematika darslarida egallashi zarur bo'lgan nazariy bilimlar va umumiy tushunchalar haqida fikrlar berilgan. Ishda berilgan metodlar orqali matematika darslari o'qitilgan boshlang'ich sinf o'quvchilarida ilmiy tushunchalar shakllanadi. Darslarga tayyorlanish jarayonida o'qitishning induktiv, deduktiv kabi usullarini tanlash zaruriyati ham tug'iladi. Keyingi yillarda deduktiv o'qitishga talab va e'tibor kuchaydi. Tafakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib faqat umummehnat xarakteridagi tajribalar orqaligina muvofaqqiyatga erishib bo'lmaydi. Induktiv yoki deduktiv usularni qo'llash o'rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma'lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o'tishni tanlashni anglatadi. Shu sababdan bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini Boshlang'ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo'llari deb nomladik. O'rta ta'lim muassasalari shu jumladan, boshlang'ich ta'lim maktablari ham Davlat ta'lim standarti talablarini amalga oshiradilar. Ta'lim to'g'risida''gi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir''. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom''ga binoan boshlang'ich ta'lim bosqichi uchun ham davlat ta'lim standarti talablari va me'yoriy ko'rsatkichlari belgilab qo'yilgan. Boshlang'ich ta'lim davlat standarti o'quv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartining qo'llanishi shu bosqichda ta'lim mazmuni ko'lamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.44 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.44 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga