Boshlang'ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish

Boshlang'ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish Reja: Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi Interfaol metodlar va ularning tavsifi Maktab matematika kursini o'rganishda interfaol metodlardan foydalanish Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi Pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta'minlovchi muhim shartlaridan biridir. Pedagogik jarayonni loyihalashda: 1. Pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish; 2. Natijalarni oldindan ko'ra bilish; 3. Rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi. Bu bosqichda o'qituvchining mustaqil, shu bilan birga o'quvchi bilan hamkorlikda o'quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o'rin tutadi. Loyihalar predmet va uning yo'nalishiga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan quyidagi faoliyatlar namoyon bo'ladi: - ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo'yilishi yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; - oldindan ko'ra bilish va loyihalash. tashxis, oldindan ko'ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qog'ozda taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog'liq. O'quv dasturi yoki o'quvchi shaxsi ta'lim mazmunini loyihalashning asosi bo'lib, bu vaziyatda o'qituvchi pedagogik faoliyat, maqsadi va sharoitlarga muvofiq holda o'quvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. O'quvchilar tavsiya etilayotgan ma'lumotdan nimani va qanday hajmda o'zlashtirishlari zarurligi; 2. O'quvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o'quv ma'lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari; 3. O'qituvchining kasbiy mahorati, shuningdek, ta'lim muassasasi moddiy-texnik bazasi. Bu o'rinda o'quv ma'lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o'rin tutadi. Unda: o'quvchilarga taqdim etiladigan materiallar; o'quvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar; - o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan ma'lumot (bilim) turlari o'z aksini topadi. Agar pedagog faoliyati o'quvchilarning talablarini qondirish, ya'ni yakuniy maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi. Muayyan o'quv mashg'uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi: 1. Ta'lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o'quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o'rganish, chunonchi, materiallarni yig'ish va ularning g'oyasi bilan ularda ilgari surilgan g'oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat. O'quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini o'rganib chiqish o'qituvchi uchun o'quvchilar e'tiboriga taqdim etilayotgan mavzu xususida ularga batafsil, mukammal ma'lumotlarni bera olish, ta'limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi. 2. Bu bosqich o'quv predmetining mavzusi yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo'limlar bo'yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta'lim maqsadiga erishish yo'lda ijobiy hal etib borilishi lozim bo'lgasn vazifalarni ishlab chiqishga yo'naltiriladi. Ta'lim maqsadi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga